$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

"Tik Tok Fest" bekor qilindi

12:57 / 06.12.2021

Joriy yilning 25-dekabr kuni "Humo Arena" kompleksida bo‘lib o‘tishi e’lon qilingan "Tik Tok Fest" shou-konsert dasturi bekor qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda turli tanqidiy-tahliliy mulohazalarga sabab bo‘lgan festival chiptalari sotuvi iticket.uz saytidan olib tashlangan.

Shu bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy mulohazalarga nisbatan Madaniyat vazirligi ham rasmiy bayonot bilan chiqdi. Unda vazirlik odamlarning noroziligiga sabab bo‘lgan shou-konsert dasturiga aloqasi yo‘qligini iddao qilgan. 

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6044-son Farmoni 2-ilovasi 32-bandiga muvofiq, konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish vakolatli bo‘lgan – Ichki ishlar vazirligi, Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu asosda, konsert-tomoshalarning saviyasi, mazmun-mohiyati, g‘oyasini tahlil qilish, tomosha bo‘yicha yakuniy xulosalar berish ham Mahalliy ijroiya hokimligi huzurida tashkil etilgan tuzilmaning vazifasi hisoblanadi", – deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, yuqoridagi kabi shou-konsert tomoshalarini tashkil etish Madaniyat vazirligi tomonidan emas, xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Vazirlik axborot xizmati mamlakat hududida tashkil etilayotgan konsertlar, tadbirlar, shou-tomoshalar, festivallarda millat mentaliteti hisobga olinib uyushtirilishi kerakligini qayd etadi.

Eslatib o‘tamiz, bekor qilingan "Tik Tok Fest" uchun chipta narxlari 100 ming so‘mdan 750 ming so‘mgacha qilib belgilangandi. Sotib olingan chiptalar bir muddat ichida qaytarilishi aytilmoqda.


Bu ham qiziq

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!