$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Tirik tarix” nomli turkum filmlar yaratiladi

18:48 / 16.05.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kinochilar saroyini borib ko‘rdi.

Ushbu maskan 2021-yil mukammal ta’mirlanib, sharoitlari yangilandi. Katta-kichik zallar, yozgi kinoteatr va xonalar zamonaviy jihozlandi. Bugun bu yerda jami 3 ming nafar tomoshabinni qabul qilish imkoni mavjud.

Davlatimiz rahbari dastlab O‘zbekiston kino san’ati muzeyini ko‘zdan kechirdi. Muzey 1972-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ilgari muzey-arxiv sifatida faoliyat yuritgan. Unda ellik mingdan ortiq tarixiy buyum, libos, rasm va kinotasmalar bor.

Endilikda muzey Kinochilar saroyiga ko‘chirilib, ko‘rgazmaga qo‘yildi. Birinchi qavatda o‘zbek kinosining tarixi va asoschilari, so‘nggi yillardagi yutuqlariga bag‘ishlangan. Ikkinchi qavatda tarixiy filmlardagi liboslar, atoqli kinoijodkorlar hayoti va faoliyati aks ettirilgan. Ahamiyatlisi, kino ko‘rish istagida kelgan borki, shu tarix bilan tanishib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda rejissyor va aktyorlar, kinoshunoslar, soha mutasaddilari bilan suhbatlashdi.

“So‘nggi yillarda milliy kinomiz qayta “uyg‘ondi”, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Yuqori saviyali, zamonaviy sifatli filmlar paydo bo‘ldi. Buning uchun sizlarga minnatdorlik bildiraman. Shu bilan birga, kinematografiyani rivojlantirish uchun yana nimalar qilishimiz kerak, degan savol meni o‘ylantiradi. Agar tariximizni dunyoga tarannum etmoqchi bo‘lsak, xalqimizning milliy g‘ururini ko‘tarmoqchi bo‘lsak, buni birinchi navbatda kino yordamida amalga oshirishimiz kerak”, - dedi davlatimiz rahbari. 

Muloqotda Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Tirik tarix” turkumidagi filmlar loyihasi taqdimot qilindi.

Bu 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan strategik dastur bo‘lib, eng qadimgi o‘tmishimizdan tortib, yaqin tariximizgacha bo‘lgan juda katta davrni qamrab oladi. Yaratilajak filmlarning mavzusi keng va rang-barang.

Jumladan, miloddan avvalgi VI asrda yashagan milliy qahramonimiz Shiroq haqida, milliy davlatchiligimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan Alp Er To‘nga, Sohibqiron Amir Temur va temuriylar haqida, shu paytgacha yetarli o‘rganilmagan shayboniylar haqida, qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz va boshqa mashhur adiblar haqida, buyuk allomalarimiz va milliy istiqlol kurashchilari haqida hikoya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Loyihada chet ellik hamkorlar, xususan, Ispaniya, Germaniya, Vengriya, Rossiya, Belarus, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston kabi davlatlarning kino san’ati ustalari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

"Albatta, bu dastur va g‘oyalarni amalga oshirish uchun ko‘p moddiy imkoniyat talab etilishini, yuzlab iste’dodli mutaxassislar zarurligini ham barchamiz yaxshi bilamiz. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz tom ma’nodagi ulkan, tarixiy bu loyihaning moliyaviy masalalarini hal qilamiz. Nega deganda, ushbu dastur shonli o‘tmishimizni chuqur anglab, shu asosda kelajakka ishonch bilan dadil qadam qo‘yishga, yoshlarni chinakam vatanparvar insonlar qilib tarbiyalab, Uchinchi Renessansni barpo etishga katta turtki bo‘ladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Muloqotda kinoijodkorlar mazkur turkum filmlar va sohani rivojlantirish yuzasidan takliflarini bildirdi.

 


O‘zbekiston


														
														Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

														
														Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

														
														Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

														
														Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

														
														Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

														
														Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

														
														Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

														
														Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

														
														AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

														
														Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!