$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Titanik” rejissyori Jek tirik qolishi mumkinligini tan oldi

18:18 / 05.02.2023

Dekabr oyida Jeyms Kemeron to‘liq ilmiy tadqiqot olib borgani hamda “Titanik”dagi Rouz va Jek birga qochib qutula olmasligini isbotlaganini ta’kidladi. Ammo, ma’lum bo‘lishicha, rejissyor biroz ayyolik qilgan.

“National Geographic” telekanalida efirga uzatiluvchi ko‘rsatuvning navbatdagi maxsus sonida ushbu tadqiqot batafsil tahlil qilinadi va u yerda Kemeron bosh qahramonlarning har ikkisi uchun ham omon qolish yo‘lini topgani haqida gap boradi.

Dastlabki izlanishlarida rejissyor Jek va Rouz parametrlariga ega bo‘lgan kaskadyorlar yordamida haqiqatdan ikkala qahramon ham taxta bo‘lagiga sig‘masligini isbotladi – u suv ostida qolib ketadi. Biroq, agar Rose o‘zining qutqaruv ko‘ylagini Jek uchun berganida, u qayiqlar kelgunicha bir necha soat suv yuzasida qolishi mumkin edi – hatto muzlagan suv sharoitida ham.

Buni sinab ko‘rish uchun Kemeron kaskadyorlarni Rouz va Jek filmda ijro etgan barcha mashaqqatli harakatlarni bajarishga majbur qildi, shunda ular yetarlicha charchagan va keyin ijrochilar bir xil pozisiyalarni egallashdi – taxta bo‘lagida va uning yonida, xuddi shunday sovuq suvda.

“Qutqaruvchi qayiq kelguniga qadar u chiday olardi. Jek omon qolishi mumkin edi, lekin ko‘p o‘zgarishlar qilishga to‘g‘ri kelardi. Men uni (Rouz) ni xavf ostiga qo‘yadigan hech narsa qilmasdim va bu qahramonning xarakteriga 100 foiz mos keladi”, – deydi 68 yoshli Jeyms Kemeron.

Oddiy qilib aytganda, agar Jek Dousonning o‘zida qutqaruv nimchasi bo‘lganida, “Titanik” filmining oxiri bunchalik qayg‘uli yakunlanmagan bo‘lar edi.

“Titanik: Jeyms Kemeron bilan 25 yil o‘tib” deya nomlangan ushbu maxsus ko‘rsatuv kecha, 5-fevral kuni “National Geographic” kanalida namoyish etilgan.

Qayd etish mumkin, “Titanik” 1997-yilda rejissyor Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan, afsonaviy Titanik laynerining cho‘kishi tasvirlangan amerika filmi. Turli ijtimoiy qatlamlar vakillari bo‘lgan film qahramonlari 1912-yilda Atlantika okeani bo‘ylab birinchi va oxirgi sayohatini amalga oshirgan layner bortida bir-birlarini sevib qolishadi. Bosh rollarni Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet ijro etgan.

Loyiha byudjeti 200 million AQSH dollarini tashkil etgan va bu o‘z davri uchun rekord summadir. “Titanik” 1 milliard dollarlik marrani bosib o‘tgan birinchi, 2 milliard dollarlik marrani bosib o‘tgan ikkinchi film hisoblanadi. U dunyo bo‘ylab 2,2 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan.

“Titanik” 1997- yil yakuni bo‘yicha 14 ta “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lib, shulardan 11 tasida, jumladan "Eng yaxshi film" mukofotini qo‘lga kiritgan.


Bu ham qiziq

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!