“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxelning fikricha, uning klubi joriy mavsum Angliya premyer-ligasida chempionlik uchun kurasha olmaydi.
“Bizni chempionlik poygasida ishtirok etyapmiz, deb oʻylash ahmoqlik. 7 nafar futbolchida koronavirus aniqlandi. Besh-olti nafar futbolchi olti hafta yoki undan koʻproq vaqtga safdan chiqdi.
Chempionlik uchun qanday kurashishimiz mumkin? Buning uchun ixtiyoringizda 23 nafar sogʻlom futbolchi boʻlishi kerak. Hozir maydonga tushganlar toʻliq kuch bilan mashgʻulot oʻtkazmoqda.
Lekin jismoniy tayyorgarligi va oʻyin shiddati borasida futbolchilardan nima kutishni bilmaymiz.”, — deya Tuxelning soʻzlaridan iqtibos keltiradi BBC.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!