$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Toshkent 2025-yilgi yoshlar oʻrtasida Paraosiyo oʻyinlariga mezbonlik qiladi

18:33 / 19.11.2021

2025-yilgi yoshlar oʻrtasida Paraosiyo oʻyinlariga Toshkent ilk bor mezbonlik qiladi. Bu haqda Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Majid Rashid tomonidan Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi nomiga yuborilgan xatda maʼlum qilingan.

Joriy yilning may oyida Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Majid Rashid Oʻzbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov faxriy mehmon bilan uchrashib, 2025-yilgi yoshlar oʻrtasida Paraosiyo oʻyinlarini Toshkent shahrida oʻtkazish taklifini ilgari surgan edi.

Kuni kecha Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi bu borada oʻzining yakuniy qarorini eʼlon qildi va unga koʻra, 2025-yilgi yoshlar oʻrtasida Paraosiyo oʻyinlari mezbonligi Toshkentga taqdim etildi.

Taʼkidlanishicha, 2025-yilgi yoshlar oʻrtasida IV Paraosiyo oʻyinlarini qabul qilish uchun Osiyo qitʼasining bir qator yetakchi davlatlari daʼvogarlik qilishgan edi. Yakunda Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi Toshkent shahri nomzodini qoʻllab-quvvatladi.

Qayd etilishicha, yaqinda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Endryu Parsons ham Oʻzbekiston Paralimpiya sport turlari boʻyicha eng nufuzli musobaqalarni qabul qilish salohiyatiga ega ekanligi va yaqin kelajakda Oʻzbekistonda yirik xalqaro musobaqalar oʻtkazilishi mumkinligini taʼkidlab oʻtgan edi.

Maʼlumot uchun, shu paytga qadar hech qaysi davlat tomonidan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari ketma-ketlikda oʻtkazilmagan. 2025-yilda Toshkent shahri yoshlar oʻrtasida Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga mezbonlik qiladi.


Bu ham qiziq

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Kiyevni öqqa tutiş natijasida Podolskiy tumanidagi xususiy uy zarar kördi, ikki kişi yaralangan, dedi şahar hokimi Vitaliy K…
15:53 / 21.11.2026
Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!