$
12927.17 UZS
36.74
155.73 UZS
-0.31
14717.58 UZS
-3.29
31° Kechasi 17°

“Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan harakatlanuvchi poyezdlar bir oy “janubiy” vokzaldan harakatlanadi

09:25 / 12.09.2023

Joriy yilning 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha “To‘qimachi” hamda “Toshkent-yo‘lovchi” temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi temir yo‘lda texnik taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan harakatlanib kelayotgan aksariyat poyezdlar qatnovi “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzalidan amalga oshiriladi.

Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari “Toshkent-Janubiy” vokzalida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lumot berishdi.

Jumladan, “Olmaota – Toshkent – Olmaota”, “Toshkent – Novosibirsk – Toshkent”, “Toshkent – Samara – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari hamda “Toshkent – Xojikent – Toshkent” shaharlararo poyezdlaridan tashqari, bugungi kunda “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshirib kelayotgan barcha yo‘lovchi poyezdlar, joriy yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzaldan o‘z harakatini boshlaydi.

Bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari, “Sharq” (Toshkent – Buxoro – Toshkent), “Nasaf” (Toshkent – Qarshi – Toshkent), “O‘zbekiston” (Toshkent – Andijon – Toshkent), hamda xalqaro yo‘nalishlardagi “Toshkent – Volgograd – Toshkent”, “Dushanbe – Toshkent – Dushanbe” yo‘lovchi poyezdlari “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent-Markaziy” hamda “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzallaridagi barcha chiptaxonalar tunu kun faoliyat ko‘rsatadi. Bundan tashqari chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.

“Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzaldagi kutish zallari, vokzalga kirishda 3 ta bir bosqichli nazorat o‘tish punktlari doimiy ravishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, bir oy mobaynida “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd jo‘nashidan oldin chipta xarid qilgan, yoki yanglishib “Toshkent-Shimoliy” vokzalga kelib qolgan yo‘lovchilarni “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzaliga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Taʼkidlash joizki, hozirgi kunda “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzali orqali 6 Ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi, bundan tashqari Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida – 2 Ta “O‘zbekiston”, Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida – 2 Ta “Sharq” hamda Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida 2 Ta “Nasaf” tezyurar poyezdlari har kuni qatnovini amalga oshiradi. Shuningdek, Toshkent – Volgograd – Toshkent, Dushanbe – Toshkent – Dushanbe yo‘lovchi poyezdlari ham aynan “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan harakatlanadi. Albatta, bu poyezdlar harakatlanganda “Hamza” stansiyasidan “To‘qimachi” stansiyasi orqali Angren yo‘nalishiga, yoki ushbu yo‘nalishdan “Hamza” stansiyasiga boradigan yuk poyezdlari to‘xtab turar edi. Rekonstruksiya ishlari amalga oshirilganidan keyin, mazkur hududdagi temir yo‘lda poyezdlarni o‘tkazuvchanligi yana-da ortadi va yuk poyezdlarining to‘xtovsiz harakatlanishiga imkoniyat yaratiladi.


Bu ham qiziq

FIFA O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi  Asilbek Aliyevni e’tirof etdi

FIFA O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi  Asilbek Aliyevni e’tirof etdi

Tashkilot rasmiy sahifasida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida porlagan 6 nafar futbolchi haqida maqola chop …
15:00 / 24.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar …
21:07 / 25.04.2025
Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

London AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vensning Vashington tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralardan chiqishi mumkinligi haqid…
10:27 / 24.04.2025
Zilzila payti kuchli qo‘rquvga tushgan o‘zbekistonlik vafot etdi

Zilzila payti kuchli qo‘rquvga tushgan o‘zbekistonlik vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha zarur…
21:49 / 24.04.2025
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida 25 va 27−30 aprel kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sabab sel kelis…
17:19 / 25.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi 24-apreldagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.
12:36 / 24.04.2025
24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
21:53 / 23.04.2025
26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
22:27 / 25.04.2025
Ukraina bilan urushda Rossiya safida ellikka yaqin davlatdan kelgan yollanma jangchilar urushmoqda

Ukraina bilan urushda Rossiya safida ellikka yaqin davlatdan kelgan yollanma jangchilar urushmoqda

“Vajnie istorii” nashri bu haqda Yagona tibbiy axborot-tahliliy tizimdan (EMIAS) olingan ma’lumotlarga tayanib xabar bermoqd…
08:35 / 24.04.2025
“Rossiya tinchlik kelishuviga tayyor, lekin Zelenskiy bilan kelishish qiyin kechmoqda” — Tramp

“Rossiya tinchlik kelishuviga tayyor, lekin Zelenskiy bilan kelishish qiyin kechmoqda” — Tramp

AQSh prezidenti bu haqda Oq uyda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
11:15 / 24.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!