$
11934.61 UZS
-17.49
144.64 UZS
-0.57
13788.05 UZS
8.47
31° Kechasi 18°

Saudiya Arabistonida mushkul ahvolda qolgan bir guruh o‘zbekistonlik ziyoratchilar vatanga qaytarildi

13:10 / 18.09.2025

“Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida Saudiya Arabistoniga Umra amallarini bajarish uchun borgan va mushkul ahvolda qolgan vatandoshlarimiz O‘zbekistonga qaytarildi”, – deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi D.I. ariza bilan murojaat qilib, sayyohlik firmalaridan biri tomonidan Umra amallarini bajarish uchun kelgan 50 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchilar Makkada vatanga qaytish uchun aviachiptalarsiz qolib ketgani bois, ularni O‘zbekistonga qaytarib yuborish masalasida amaliy yordam so‘ragan.

Ta’kidlanishicha, taqdim etilgan aviachiptaga binoan, ziyoratchilar joriy yil 15-sentyabr kuni umra ibodatlarini yakunlab, “Centrum Air” aviakompaniyasining “Jidda – Toshkent” yo‘nalishidagi samolyoti bilan vatanga qaytishlari kerak bo‘lgan.

Biroq, sayyohlik firmasi tomonidan ziyoratchilarning vatanga qaytib ketmaslik sababi tushuntirilmagan, faqat yaqin kunlarda O‘zbekistonga qaytib ketishlari mumkinligi aytilgan. Ziyoratchilarning aksariyati yoshi keksalar va ayollar bo‘lgani tufayli ular vahimaga tushib qolgan.

Bosh konsulxona vakillari sayyohlik kompaniyasi mas’ul xodimi bilan bog‘lanib, ziyoratchilarni xavfsiz va tez fursatlarda O‘zbekistonga qaytarish masalasini muhokama qildi.

Firma vakillariga ko‘ra, aviachiptalarga mas’ul hamkorlar bilan yuzaga kelgan ba’zi muammolar bois, ziyoratchilarga oldindan rejalashtirilgan yo‘nalishga aviachiptalarni o‘z vaqtida sotib olishning imkoni bo‘lmagan.

Vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olindi va firmaga ziyoratchilarni mehmonxona bilan ta’minlash hamda aviachiptalar xarid qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilgan.

Barcha o‘zbekistonliklar vaqtincha Makka shahridagi “Samaa Al-Misk Hotel” mehmonxonasiga joylashtirilgan.

Olib borilgan muzokaralar natijasida sayyohlik firmasi tomonidan ziyoratchilar uchun aviachiptalar xarid qilinib, ular 17-sentyabr kuni “Fly Khiva” aviakompaniyasining “Madina – Toshkent” yo‘nalishidagi samolyoti bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.


O‘zbekiston


														
														Aziz Hakimov 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Aziz Hakimov 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining yopiq sud majlisi yakunida Aziz Hakimovga doir jinoyat ishi yuzas…
17:39 / 11.08.2026

														
														12-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

12-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s …
17:15 / 11.08.2026

														
														Tramp FIFA mojarolari fonida Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

Tramp FIFA mojarolari fonida Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoning lavozimidan iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi gaplarni…
10:06 / 11.08.2026

														
														Surxondaryoda ikki YPX xodimiga tan jarohati yetkazildi

Surxondaryoda ikki YPX xodimiga tan jarohati yetkazildi

Surxondaryoning Angor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan ikki nafar YPX xodimiga fuqarolar tomonidan tan jarohati yetka…
09:33 / 11.08.2026

														
														Shvetsiyada 9 ming yillik homilador ayol skeleti topildi

Shvetsiyada 9 ming yillik homilador ayol skeleti topildi

Shvetsiyaning Gotland oroli yaqinidagi Lilla-Karlsyo orolida arxeologlar taxminan 9 ming yil avval yashagan homilador ayol s…
09:26 / 11.08.2026

														
														Bugun, 11 avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 11 avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI10-avgust soat 20:00 dan 11-avgust soat 20:00 gacha
17:15 / 10.08.2026

														
														Ronalduning muxlislari to‘yda adashib qoldi

Ronalduning muxlislari to‘yda adashib qoldi

8-avgust kuni Krishtianu Ronalduning minglab muxlislari OAV xabarlariga ishonib, Portugaliyaning Madeyra orolida butunlay bo…
16:55 / 10.08.2026

														
														Ўзбекистонда пахта ғўзапоясидан янги турдаги асфальт хомашёсини ишлаб чиқариш бўйича инновацион лойиҳа бошланди.

Ўзбекистонда пахта ғўзапоясидан янги турдаги асфальт хомашёсини ишлаб чиқариш бўйича инновацион лойиҳа бошланди.

O‘zbekistonda paxta g‘o‘zapoyasidan yangi turdagi asfalt xomashyosini ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion loyiha boshlandi.
16:49 / 10.08.2026

														
														Xitoyda “Delfin” tayfuni sabab 1 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Xitoyda “Delfin” tayfuni sabab 1 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi

“Delfin” tayfuni Xitoyning sharqiy qirg‘oqlariga yetib kelib, kuchli yomg‘ir, suv toshqini va ko‘chki xavfini yuzaga keltird…
15:46 / 10.08.2026

														
														Qimorni reklama qilgan o‘zbekistonlik bloger xalqaro qidiruvga berildi

Qimorni reklama qilgan o‘zbekistonlik bloger xalqaro qidiruvga berildi

“Maxa.dxb” taxallusi bilan Qozog‘istonda faoliyat yuritgan o‘zbekistonlik bloger Mahmud Hikmatov noqonuniy internet-kazinola…
14:18 / 10.08.2026

Bu ham qiziq

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli tovlamachi qo‘lga olindi

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli tovlamachi qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida “Mansur Kazanskiy” laqabi bilan tanilgan shaxs 100 ming AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan olayotg…
14:35 / 09.08.2026
Ronalduning muxlislari to‘yda adashib qoldi

Ronalduning muxlislari to‘yda adashib qoldi

8-avgust kuni Krishtianu Ronalduning minglab muxlislari OAV xabarlariga ishonib, Portugaliyaning Madeyra orolida butunlay bo…
16:55 / 10.08.2026
Tramp FIFA mojarolari fonida Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

Tramp FIFA mojarolari fonida Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoning lavozimidan iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi gaplarni…
10:06 / 11.08.2026
Bugun, 11 avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 11 avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI10-avgust soat 20:00 dan 11-avgust soat 20:00 gacha
17:15 / 10.08.2026
Toshkent aeroporti tashqarisida aviahalokat bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Toshkent aeroporti tashqarisida aviahalokat bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

7 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroporti tashabbusi bilan Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida parvozlar xavfsizlig…
16:58 / 08.08.2026
Jo Baydenning saratoni suyaklariga ham tarqaldi

Jo Baydenning saratoni suyaklariga ham tarqaldi

AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenda aniqlangan prostata saratoni tanasining boshqa qismlariga, jumladan suyaklariga ham ta…
14:43 / 09.08.2026
Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda ota-onalarga farzandiga otasining ismini familiya sifatida berish imkoniyati yaratiladi. Tegishli qonun 8 avgu…
15:31 / 08.08.2026
12-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

12-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s …
17:15 / 11.08.2026
O‘zbekistonda kattalarning qariyb uchdan ikki qismida ortiqcha vazn bor

O‘zbekistonda kattalarning qariyb uchdan ikki qismida ortiqcha vazn bor

O‘zbekistonda 18 yoshdan katta aholining 64 foizi ortiqcha vaznga ega. Bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo va MDH davlatlari orasi…
16:43 / 10.08.2026
Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

8-avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘t…
12:29 / 09.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!