$
12044.72 UZS
-11.18
₽
145.46 UZS
1.3
€
13525.02 UZS
-47.51
31° Kechasi 18°

Toshkent va Praga o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

15:56 / 22.02.2026

Dunyo axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston diplomatlari Vaslav Gavel nomidagi Praga xalqaro aeroportining yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Martin Tatek bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralarda sayyohlar va ishbilarmonlar oqimini oshirish, aviatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Chexiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgani, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolariga turistik vizalar berish jarayoni ijobiy dinamika ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Martin Tatek O‘zbekistonning madaniy-tarixiy turizm salohiyati chexiyalik sayyohlar uchun jozibador ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatimizning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va yaratilgan qulay sharoitlar sayyohlarda katta taassurot uyg‘otmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Chexiya ishbilarmon doiralari uchun istiqbolli yo‘nalish sifatida baholanayotgani bildirildi.

Tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish turizm va biznes aloqalarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi. Hozirda yo‘lovchilarning aksariyati tranzit reyslardan, asosan Istanbul orqali foydalanayotgani, bu esa yo‘nalish raqobatbardoshligiga ta’sir qilayotgani aytildi. Praga–Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarning yo‘lga qo‘yilishi turoperatorlar va individual sayyohlar uchun safarlarni oldindan rejalashtirish, turpaketlar shakllantirish hamda marketing ishlarini samarali olib borish imkonini beradi.

Chexiya tomoni “Uzbekistan Airways”ni asosiy salohiyatli hamkor sifatida qayd etdi. Parvozlarni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilish uchun mart oyi boshida Praga aeroporti, milliy aviakompaniya hamda manfaatdor xususiy tashuvchilar ishtirokida qo‘shimcha onlayn uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda muntazam qatnovlarni tashkil etish shartlari va rag‘batlantirish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi.


O‘zbekiston


														
														Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari …
17:36 / 20.10.2026

														
														21-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

21-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
17:11 / 20.10.2026

														
														Samarqand va Namanganda umra ziyoratini va’da qilib, pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi

Samarqand va Namanganda umra ziyoratini va’da qilib, pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi

Samarqand shahri va Namangan viloyatida fuqarolarni umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, ulardan pul talab qilgan ikki sh…
16:07 / 20.10.2026

														
														O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi…
11:38 / 20.10.2026

														
														“Komaga tushgan” Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

“Komaga tushgan” Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In miyasiga qon quyilgani va komaga tushgani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgani…
11:31 / 20.10.2026

														
														Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

19-oktyabr kuni havoda uchib kelgan shar “Aksa Toshkent” issiqlik elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga tushish…
11:01 / 20.10.2026

														
														Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahridagi “Brasserie Park” restorani oldida 17 yoshli kurer bilan janjallashib, uni haqorat qilgan erkak 5 sutkaga…
10:48 / 20.10.2026

														
														99 yoshli britaniyalik ayol samolyot qanotida uchib, jahon rekordini o‘rnatdi

99 yoshli britaniyalik ayol samolyot qanotida uchib, jahon rekordini o‘rnatdi

Buyuk britaniyalik 99 yoshli Xelga Daffi samolyot qanotida parvoz qilgan eng keksa ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobi…
09:33 / 20.10.2026

														
														O‘zbekistonda 2,8 mln kishi o‘ziga kredit olishni taqiqladi

O‘zbekistonda 2,8 mln kishi o‘ziga kredit olishni taqiqladi

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2 mln 841 ming 475 nafar fuqaro “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalangan. Bu…
09:28 / 20.10.2026

														
														Rossiyada O‘zbekistonga olib ketilayotgan 31 kg qo‘ziqorindan seziy-137 aniqlandi

Rossiyada O‘zbekistonga olib ketilayotgan 31 kg qo‘ziqorindan seziy-137 aniqlandi

Rossiyaning Domodedovo aeroportida O‘zbekistonga uchib ketayotgan 32 yoshli yo‘lovchining yukidan tarkibida radioaktiv modda…
09:24 / 20.10.2026

Bu ham qiziq

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

20-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
16:22 / 19.10.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Muhim minerallarni chuqur qayta ishlash, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va sun’iy intellektni joriy …
08:19 / 20.10.2026
20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026
O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi…
11:38 / 20.10.2026
Toshkentda 17 yoshli kuryerni haqoratlagan shaxsga ma’muriy bayonnoma tuzildi

Toshkentda 17 yoshli kuryerni haqoratlagan shaxsga ma’muriy bayonnoma tuzildi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida restoran xodimi 17 yoshli kuryer bilan janjallashib, uni haqorat qilgani va tahdid qilg…
09:50 / 19.10.2026
Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan …
17:31 / 20.10.2026
19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026
Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

“AQSh Davlat kotibining rafiqasi Janett Rubio bilan birgalikda Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildik”, – Preziden…
17:46 / 19.10.2026
99 yoshli britaniyalik ayol samolyot qanotida uchib, jahon rekordini o‘rnatdi

99 yoshli britaniyalik ayol samolyot qanotida uchib, jahon rekordini o‘rnatdi

Buyuk britaniyalik 99 yoshli Xelga Daffi samolyot qanotida parvoz qilgan eng keksa ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobi…
09:33 / 20.10.2026
Rossiyada O‘zbekistonga olib ketilayotgan 31 kg qo‘ziqorindan seziy-137 aniqlandi

Rossiyada O‘zbekistonga olib ketilayotgan 31 kg qo‘ziqorindan seziy-137 aniqlandi

Rossiyaning Domodedovo aeroportida O‘zbekistonga uchib ketayotgan 32 yoshli yo‘lovchining yukidan tarkibida radioaktiv modda…
09:24 / 20.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!