$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Toshkent va Samarqandda 1,2 mln. xonadonni “svet” bilan taʼminlaydigan quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

09:50 / 08.03.2023

2023-yil 4-mart kuni Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida investitsiya va elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida uchta bitim imzolandi.

Bitimlar Toshkent va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 400 MVt boʻlgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi hamda Toshkent, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 200 MVt boʻlgan uchta energiya saqlash tizimlari joriy etilishini oʻz ichiga oladi.

Tadbir davomida Toshkent viloyatida quvvati 400 MVt boʻlgan yirik quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishiga start berildi.

Ushbu elektr stansiyasi ishga tushirilishi natijasida yiliga 900 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning natijasida 257 mln. kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishilib, atmosferaga 360 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

Qayd etilishicha, Respublikamizda 2030-yilga borib elektr energiyasining 35 foizini qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarish maqsad qilingan.

Buning natijasida esa, jami 15 000 MVtni – 10 000 MVt quyosh va 5 000 MVt shamol elektr stansiyalari ishga tushirilishi belgilangan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu loyihalar ishga tushgach, respublika hududlaridagi 1,2 million xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash va yiliga 1,6 million tonnaga yaqin zararli gazlar chiqishining oldini olishga erishiladi

Investitsiya bitimlari Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va “ACWA Power” kompaniyasi hamda elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan imzolandi.

Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlarida amalga oshirilayotgan loyihalar 10 milliard dollarlik maqsadli investitsiyalar doirasida qariyb 2,5 milliard dollar boʻlgan yangi investitsiyalarni jalb qiladi.


Bu ham qiziq

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!