$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Toshkent viloyatida elektr uchun qariyb 300 mln so‘m ortiqcha to‘lov hisoblangani ma’lum bo‘ldi

16:37 / 27.11.2022

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga joriy yil 21-sentyabr kuni “Chinoz yo‘lindustriya” MCHJ tomonidan murojaat kelib tushgan. Unda elektr energiyasidan foydalanish jarayonida transformator va elektr tarmoqlarida yo‘qotishlarni hisoblashda texnik xatolikka yo‘l qo‘yilgani oqibatida tadbirkorga 2020-yildan 2022-yil sentyabr oyiga qadar jami 200 million 181 ming 600 so‘m ortiqcha qarzdorlik hisoblangan hamda ushbu qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmagani uchun 89 million 617 ming 88,7 so‘m qo‘shimcha penya hisoblangani ko‘rsatib o‘tilgan.

Murojaatda ko‘rsatilgan noroziliklar yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy bo‘limiga hamda “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJga 2022-yil 28-sentyabr kuni xat yuborilgan bo‘lib, murojaatda keltirilgan holatlar qayta ko‘rib chiqilishi va tegishli hujjatlar hududiy boshqarmaga taqdim etilishi so‘ralgan.

Murojaatdagi holat Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy bo‘limi bilan birgalikda o‘rganilganda tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnomada elektr enegiyasidan foydalanishda iste’molchining barcha xuquq majburiyatlari ko‘rsatilgan. Biroq elektr energiyasidan foydalanish jarayonida transformator va elektr tarmoqlarida yo‘qotishlarni hisoblashda texnik xatolikka yo‘l qo‘yilganligi oqibatida tadbirkorga jami 200 million 181 ming 600 so‘m ortiqcha qarzdorlik hisoblangan hamda ushbu qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun 89 million 617 ming 88 so‘m qo‘shimcha penya hisoblangani ma’lum bo‘lgan.

“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Chinoz yo‘lindustriya” MCHJga asossiz hisoblangan qariyb 300 million so‘m qarzdorlik hisobdan chiqarilgan.

“Joriy yil sentyabr oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga Qibray tumanidagi tadbirkor murojaat qilib, unga elektr energiyasidan asossiz hisoblangan jami 114 million 167 ming 880 so‘m qarzdorlik hisoblanganligini ma’lum qilgan. Natijada “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan va asossiz qarzdorlik hisobdan chiqarilgan edi”, – deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Kiyevni öqqa tutiş natijasida Podolskiy tumanidagi xususiy uy zarar kördi, ikki kişi yaralangan, dedi şahar hokimi Vitaliy K…
15:53 / 21.11.2026
AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!