$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
30° Kechasi 16°

Toshkent viloyatida Kadastrlar palatasi filiali muhandisi 10 400 dollar bilan ushlandi

13:55 / 25.10.2022

Toshkent viloyatida Kadastrlar palatasi filiali muhandisi 10 400 dollar bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ushbu tadbir davomida fuqaro I.A. va Kadastrlar palatasi Yangiyo‘l tumani filiali muhandisi Sh.X. “U.Yu.” agrofirmasiga qarashli 32 sotix yer maydonini fuqaro Sh.ga firibgarlik yo‘li bilan 29 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 10 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament, DXX va IIVning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Ulug‘nor tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashi hisobchisi D.Sh. fuqaro Sh.ning opasi M.ning nomiga tashqil qilingan “Yoshlar bog‘i” hududidan 3,5 gektar yer maydonini dehqonchilik qilish uchun ajratib berish evaziga 4 mln so‘m pulini olib, keyinchalik ushbu yer maydonini onlayn-auksion orqali yutib olib berish va kadastr xujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Bu ham qiziq

Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston Respublikasi chegarachilari orasida qurbonlar yo‘q.
09:46 / 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
19:35 / 07.05.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

U urush davrida 214 ming askar va ofitserlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlangani ma’lum qildi.
15:16 / 08.05.2024
8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 8-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
22:14 / 07.05.2024
Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Davlat rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tayinlov bilan samimiy qutladi.
15:13 / 07.05.2024
Prezident jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Prezident jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Bobolar o‘zbekistonliklarni tinchlikning qadriga yetish, vatanparvarlik, mehnatsevarlikka da’vat etdi.
14:30 / 08.05.2024
UzAuto Motors’da deyarli 40 daqiqa ichida 4 500 ta Lacetti sotildi

UzAuto Motors’da deyarli 40 daqiqa ichida 4 500 ta Lacetti sotildi

Yangi kontraktatsiya bugun, 8-may kuni, soat 10:00 da ochilishi kerak edi.
11:11 / 08.05.2024
Putin rasman Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi

Putin rasman Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi

U mamlakatni yana 6 yil boshqaradi
14:53 / 07.05.2024
Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Bu haqda u Telegram kanalida ma’lum qilgan.
17:41 / 07.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!