$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Toshkent xalqaro aeroportida avtomatlashtirilgan avtoturargoh ishga tushirildi

09:42 / 25.11.2022

Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminali oldida O‘zbekistonda ilk bor 333 ta avtomobilga mo‘ljallangan va to‘liq avtomatlashtirilgan avtoturargoh ishga tushirildi. Qayd etilishicha, bu inson aralashuvisiz ishlaydigan birinchi avtoturargoh hisoblanadi.

Avtoturargoh tizimi avtomobillarning davlat raqamlarini mustaqil ravishda eslab qoladi hamda kirish-chiqish va to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi. Haydovchilarga to‘xtash joyi uchun to‘lov amalga oshirishning ikki usuli taklif etiladi. Avtomashina raqamini avtomatik identifikasiyalangan taqdirda, to‘xtash joyi uchun to‘lov maxsus avtoturargoh hisoblagichi orqali naqd pulda yoki QR kod yordamida amalga oshirilishi mumkin. To‘lovni amalga oshirish uchun mashina raqami terminalga kiritiladi, shundan so‘ng to‘lov miqdori parkometr displeyida paydo bo‘ladi. Agar mashinaning raqamini avtomatik ravishda aniqlash imkoni bo‘lmasa, avtoturargohga kirishda o‘rnatilgan terminaldan maxsus chiptani olib, chiqishda ushbu chipta yordamida to‘lov amalga oshirish lozim.

Mas’ullarning ta’kidlashicha, “Uzbekistan Airports” avtoturargohlarini rekonstruksiya qilish doirasida “K2” kompaniyasidan Yaponiyaning “Amano” brendidagi avtoturargoh uskunalari xarid qilingan va o‘rnatilgan. To‘liq integratsiyalashgan tizim butun jarayonni – kirish, chiqish va to‘lovni avtomatlashtirish imkonini beradi. O‘zbekistonda bugungi kunda bunday yechimlar, ayniqsa, to‘lovdan so‘ng mijozga avtomatik ravishda qaytim beradigan tizimlar hozirda yo‘q. Hozirda tizim test rejimida ishlamoqda. Shu bilan birga, avtomobil raqamlarining qo‘shimcha shablonlarini qo‘shish, to‘lov usullarini to‘ldirish bo‘yicha ba’zi texnik nyuanslar yakunlanmoqda, shuningdek, avtomobil haydovchilarini yangi texnologiyalarga o‘rgatish ustida ham ish olib borilmoqda.

Ayni paytda barcha yangi va eski banknotalar, qaytimni olish imkoniyati bilan, to‘lovga qabul qilinadi. Shu bilan birga, “Payme” to‘lov tizimi yordamida QR kod orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin. Yaqin vaqt ichida boshqa to‘lov tizimlari, shuningdek, “Visa”, “Mastercard”, “Humo” va “UzCard” bank kartalari orqali to‘lovlar amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shuningdek, mobil ilova bilan avtoturargohning integrasiyalashuvi ham yakunlanmoqda, bu esa avtomobildan chiqmasdan to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi.

"Inson omilisiz ishlaydigan avtomatlashtirilgan avtoturargohning ishga tushirilishi nafaqat qulaylik va yangi texnologiyaalr, bugungi kunda ularsiz hech qanday soha rivojlana olmaydi, balki korrupsiya va poraxo‘rlikdan xalos bo‘lish imkonini beruvchi muhim qadamdir. Tizimning ikki kunlik ishlashi natijasida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchilarning 99 foizi avtoturargoh uchun naqd pulda to‘lov amalga oshiradi, bu esa mablag‘larning noqonuniy chiqib ketish imkoniyati kattaligidan dalolat beradi. Avtomatlashtirish korrupsiya faktini butunlay istisno qiladi - terminal bilan "kelishib" bo‘lmaydi va u daromadlarni yashirmaydi. To‘liq moliyaviy shaffoflik”, – dedi “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.


Bu ham qiziq

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!