$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Toshkentda 10 dona eldor qarag‘ayi noma’lum shaxslar tomonidan kesib ketildi. Ular niqobda bo‘lishgan

16:17 / 11.01.2022

Davlat ekologiya qo‘mitasi Toshkent shahri Yunusobod tumani Otchopar mahallasidagi  daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq holatni “tabiatga xiyonat” deb atadi.

Qo‘mita bergan ma’lumotga ko‘ra, Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Chinobod ko‘chalari chorrahasi yonidagi bir necha sotixlik joyda 18 dona eldor qarag‘ayi mavjud bo‘lib, ushbu yerni auksion orqali qo‘lga kiritgan fuqaro daraxtlarni boshqa joyga ko‘chirishga ruxsat berishni so‘rab Toshkent shahar Ekoboshqarmasiga murojaat qilgan.

Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bunga rad javobini bergandan keyin esa daraxtlar sirli tarzda kesib ketila boshlangan.

Dastlab noma’lum kimsalar tomonidan tunda 10 ta daraxt yarmigacha arralab ketilgan. Ekologlar esa ushbu daraxtlarni quritmasdan saqlab qolish maqsadida Botanika instituti mutaxassislarini jalb qilib, agrotexnik tadbirlarni olib borishgan va ularni asrab qolish choralarini ko‘rishgan.

Ammo, ma’lum vaqtdan keyin noma’lum shaxslar qora niqobda kelishib, kechasi 4 ta daraxtni kesib, voqea joyidan qochib qolishadi.

Aniqlanishicha, yerning egasi J.G. daraxtni ko‘chirishga ruxsat bermagan ekologlar ustidan huquqni muhofaza qilish organlariga shikoyat yo‘llagan. U daraxt ko‘chirilishiga ruxsat berilmagani tufayli uning huquqlari buzilganini aytgan. Sud esa ushbu arizani qanoatlantirishni rad etgan.

Hozirgi kunda mazkur holat bo‘yicha tuzilgan maxsus ishchi guruhi qayd etilgan manzilda batafsil o‘rganish ishlarini o‘tkazib, sodir bo‘lgan holatga qonuniy baho berish uchun to‘plangan hujjatlarni Yunusobod tuman prokuraturasiga topshirdi. Tunda daraxtlarga atayin shikast yetkazayotganlarni topish maqsadida ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda rejali tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan edi.


Bu ham qiziq

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!