$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

Toshkentda er-xotin va bir ayol pichoq hamda qaychi bilan qurollanib, bosqinchilik sodir etishdi

13:34 / 12.07.2023

Toshkentda ikki ayol va bir erkak pichoq va qaychi bilan qurollanib bosqinchilik sodir etishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023-yilning 30-iyun kuni taxminan soat 13:50 da 3 nafar nomaʼlum shaxs Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Dilbuloq mahallasida joylashgan xonadonlarining biriga kelib, u yerda vaqtincha ijarada yashab kelayotgan 61 yoshli Janubiy Koreya fuqarosi N.X. va uning qizi 37 yoshli K.M.lar xonadon eshigini ochishgan vaqtda qo‘llarida bo‘lgan oshxona pichog‘i va qaychi bilan tahdid qilib, xonadonda bo‘lgan 3 dona uyali telefon apparati, 1 dona planshet, 1 dona noutbuk, 1.700 AQSh dollari va 1.500.000 so‘m pul mablag‘larini egallab, hodisa bo‘lgan joyidan yashirinishgan.

Ushbu holatdan so‘ng, K.M. qonunbuzarlarni ta'qib qilib, ko‘chada yordam so‘raganligi sababli, mazkur hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan bosqinchining biri ushlangan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida mazkur jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan 39 yoshli D.A., uning birga yashovchi turmush o‘rtog‘i 22 yoshli L.A. va Toshkent shahar Yangihayot tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 29 yoshli A.R.lar (ayol) sodir etganliklari aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.A., L.A. va A.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda, tergov davom etmoqda, ushbu shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.


Bu ham qiziq

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Ashxobodda tashkil etilgan “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.
09:19 / 22.10.2026
Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Shuningdek, Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘olib…
11:13 / 22.10.2026
Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti …
09:09 / 22.10.2026
22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

TOSHKENT SHAHRI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kecha…
15:59 / 21.10.2026
21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026
Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Joriy kuz-qish mavsumida mamlakatimizda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan uzluksi…
09:39 / 24.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva tarmoq…
14:49 / 24.10.2026
Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron 22-oktabr kuni Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri yonib ketgani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Hodisalarga Eron …
23:59 / 22.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!