$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Toshkentda qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etmoqchi bo‘lgan terrorchilar ushlandi

18:43 / 08.06.2022

Joriy yilda “Islom davlati” va “Tavxid va jixod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotlari jangarilariga aloqador 4 ta yashirin guruh, 10 ta “virtual” guruh hamda 250 nafar ekstremistik guruh a’zolari aniqlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda “Islom davlati” (ID) va “Tavxid va jixod katibasi" (TJK) xalqaro terrorchilik tashkilotlari (ushbu tashkilotlar faoliyati O‘zbekiston, RF, AQSH va ko‘plab Yevropa davlatlari hududida taqiqlangan) jangarilariga aloqador 4 ta yashirin guruh, yakka tartibda radikallashib, ekstremistik tashkilot va oqimlar g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan 10 ta “virtual” guruh hamda 250 nafar ekstremistik guruh a’zolari aniqlanib, ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shunday qilib, ular orasida 2022-yil boshida Toshkent shahrida 27 nafar shaxsdan iborat yashirin ekstremistik guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Guruhning ayrim a’zolari jangovar harakatlar yuz berayotgan hududlarga borishni rejalashtirgan va xalqaro terrorchilik guruhlarini moliyalashtirgan.

Shuningdek, “TJK” terrorchilik tashkilotining Suriyadagi ideologi ko‘rsatmasiga ko‘ra Toshkent shahrida 9 nafar shaxslardan iborat yashirin jamoat tashkil etgan 2001-yilga tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi. Ularning ayrimlari Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.

Toshkent shahrida yashovchi, 18-27 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar shaxslardan iborat “TJK”ning 2 ta yashirin guruhi aniqlangan. Ushbu guruhlar faoliyati “TJK”ning Suriyadagi mas’ullaridan biri “Abu Axmad uzbekiy” tomonidan boshqarilgan bo‘lib, guruh a’zolari poytaxtdagi ma’muriy binolar, aholi gavjum jamoat joylarida qo‘poruvchilik harakatlari sodir etishni rejalashtirganlar hamda terrorchilik tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirib kelishgan.

Kechiktirib bo‘lmaydigan tezkor-tergov tadbirlar natijasida guruh a’zolaridan qo‘lbola portlovchi qurilma tarkibiy qismlari va niqoblovchi buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Boshqa davlatlar maxsus xizmatlari bilan hamkorlik doirasida joriy yilning o‘tgan davrida qidiruvda bo‘lgan 59 nafar jangari hamda ekstremistik va terroristik tashkilotlar tarafdorlari ushlanib, O‘zbekistonga deportasiya qilindi.

Ular xorijda yashirinib, terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish, Suriyadagi jangarilar lagerlariga yollash bilan shug‘ullangan. Ularning bir qismi O‘zbekistonda qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan.

Shuningdek, joriy yilda Toshkent shahri va poytaxt viloyati aholisi orasidan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining 5 nafar faoli hamda ozod etilgan 10 nafar “tahrir” a’zolarining jinoiy harakatlariga chek qo‘yildi.

Shuningdek, Toshkent shahri va poytaxt viloyatida jinoiy-kriminal muhit vakillaridan iborat 8 guruhning qo‘poruvchilik faoliyatiga chek qo‘yildi. Terrorchi tashkilotlar mafkurachilari va emissarlarining mafkuraviy ta’siriga tushib, buzg‘unchi unsurlarni moliyalashtirish maqsadida talonchilik, tovlamachilik va o‘g‘irlik bilan shug‘ullangan. Ayni paytda guruh a’zolarining bir qismi Suriyadagi jangarilar lagerlariga ketishga hozirlik ko‘rayotgan edi.

“E’tiborli jihati shundaki, yuqoridagi guruhlarga aloqador shaxslarni hibsga olishni tashkil etish jarayonida ularga xos xususiyat aniqlandi. Ularning barchasi tashqi tomondan terroristik tuzilmalar tarafdorlariga taqlid qilgan, bu esa uzun soqol o‘stirishda namoyon bo‘lgan”, – deyiladi IIBB xabarida.


O‘zbekiston


														
														Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024

														
														Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024

														
														Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024

														
														O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024

														
														Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024

														
														15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024

														
														Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024

														
														O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024

														
														Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 24-aprel kuni AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi del…
10:21 / 25.04.2024

Bu ham qiziq

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024
O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024
Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024
Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Bu izlar "o‘rgimchak" deb nomlandi.
12:07 / 26.04.2024
iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

Mazkur chora joriy yilning 1-iyunidan kuchga kirishi mumkin.
15:53 / 26.04.2024
Xarizma nima?

Xarizma nima?

Xarizma 2023-yilda internet olamida eng ko‘p ishlatilgan termin hisoblanadi.
15:57 / 26.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024
Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Bunday parallel haqiqatlar mavjudligini birinchi bo‘lib ilgari surgan olim avstriyalik fizik Ervin Shredinger edi.
15:50 / 26.04.2024
Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Biroq Nike bu da’volarni asossiz deb hisobladi.
12:06 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!