$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Toshkentda soxta massajchi chaqaloqni azoblayotgan video tarqaldi. SSV nima deydi?

16:35 / 05.07.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda kichik yoshli bolani jismoniy og‘ritib, tibbiyot talablariga mutlaqo mos bo‘lmagan uqalash muolajasi amalga oshirilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Chilonzor tumanidagi 38-oilaviy poliklinikada tasvirga olingani aytilgan bu xatti-harakatlar jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Daslabki tezkor o‘rganishlar natijasiga ko'ra, videolavhadagi uqalash seansi Chilonzor tumanidagi 38-oilaviy poliklinikada emas, balki ushbu muassasa binosining xususiy korxonaga tegishli bo‘lgan qismidagi xonalardan birida amalga oshirilgan.

Massaj muolajasini bajargan shaxs B.Z. bilan suhbatda u mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun tegishli ruxsatnoma va sertifikatga, qolaversa, fizioterapiya yo‘nalishida diplom va malaka toifasiga ega emasligini ma’lum qildi.

Shu bois Sog‘liqni saqlash vazirligi yuqoridagi holatga huquqiy baho berish uchun huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.

O‘z navbatida, B.Z.ning xatti-harakatlariga tibbiy baho berish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining xulosalari olindi.

"Bolalar ortopediyasi amaliyotida uqalash muolajalari keng qo‘llaniladi va buning qat’iy qoida hamda talablari mavjud. Mazkur jarayonda kasallik turi, bolaning yoshi va holati hisobga olinib, har bir bemorga individual yondashilishi zarur.

Ammo eng muhim talablardan biri uqalash muolajasi chog‘ida kichik yoshli bemorda qo‘rquv bo‘lmasligi shart! Ammo videolavhada bola stress holatida ekanini ko‘rdik. Hatto yonida yaqini o‘tirganiga qaramay, tinimsiz yig‘lab, bezovta bo‘lmoqda. Bu uning nafaqat jismoniy salomatligi, balki ruhiyatiga ham juda yomon ta’sir ko‘rsatadi. Qisqa qilib aytganda, tibbiyotda bunday uqalash muolajasiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", - deydi Bolalar ortopediyasi bo‘limi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Ahrorbek Jo‘rayev.

Bolalar travmatologiyasi bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Iskander Xodjanov esa massaj muolajalari ohista boshlanib, yuqori darajaga ko‘tarilgach, yana ohistalik bilan tugashi kerakligini ta'kidladi.

"Lekin biz videoda buning butunlay aksini ko‘rdik. Bunday holatlarda uqalash muolajasidan so‘ng paylar jarohatlanishi va hatto suyaklar sinishi kuzatilishi mumkin.

Massaj jarayonida og‘riq sindromi paydo bo‘lsa, bu kuchli qo‘rquvni keltirib chiqaradi. Ushbu holat esa keyinchalik zararlangan bo‘g‘imlarning umrbod ishlamay qolishi, ya’ni kontraktura paydo bo‘lishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib, videolavhadagi muolaja usulini bugungi kun tibbiyotiga butunlay yot, deb hisoblayman", - deydi u.

“Uqalash muolajasi bilim, mahorat va tajriba talab etadi. Shu sababli ota-onalar bunday davolash seanslari uchun aynan shu sohaga ixtisoslashgan professional tibbiyot xodimlariga murojaat qilishlari lozim. 

Videolavhadagi xatti-harakatlarga kelsak, bu tibbiy uqalash muolajasi standartlariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Gap inson, ayniqsa, jondan aziz farzandlarimiz salomatligi haqida ketar ekan, bu kabi holatlarga aslo ko‘z yumib bo‘lmaydi, degan fikrdaman”, - deya ushbu holatni qoralaydi Tibbiyot fanlari nomzodi Muratjan Saliyev.

Vazirliklik xabariga ko'ra, ayni paytda holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda va ularning natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi. 


Bu ham qiziq

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!