$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Turkiyada o‘zbekistonlik soxta pasportlar sotuvchisi aniqlandi

19:05 / 01.02.2022

Guardian nashri tomonidan olib borilgan surishtiruvlarga ko‘ra, rasmiy va turistik vizasi bo‘lgan soxta pasportlar onlayn tarmoqda sotilmoqda. Bu soxta pasportlar bilan Suriyadan chiqib, Buyuk Britaniya va Yevropa davlatlari hamda Kanada va AQSh davlatlariga borish mumkin. 

Turkiyadagi ekstremistlar bilan aloqada bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqaro ushbu “savdo tarmog‘i” egasi hisoblanadi. U soxta pasportlarning har birini 15 ming AQSh dollargacha (11 ming funt sterlingga) baholab sotmoqda.

Guardian bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha soxta pasportlardan foydalanganlar soni 10 nafarni tashkil qiladi. Ular Suriya chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tgan va Istanbul aeroporti orqali mamlakatni tark etishgan.

“Mazkur o‘zbek biznesi juda yaxshi ketmoqda. U yaqinda Telegram’da “Istanbul global consulting” rasmiy nomi bilan yangi kanal ochdi. Ushbu rivojlanayotgan “savdo” ekstremistlar uchun qo‘l keladi. Dunyoning boshqa mamlakatlarida ham terroristik faoliyatni davom ettirishga xizmat qilishi mumkin”, – deyiladi xabarda.

“Men qaysi guruhga tegishli ekanligini so‘rab o‘tirmayman. Men hamma bilan ishlashga tayyorman. Kim yomon yoki yaxshiligini aniqlash mening ishim emas. Buni xavfsizlik idoralari aniqlashi kerak”, – deydi soxta passportlarni sotayotgan o‘zbekistonlik Telegram’idagi suhbatda.

“2015-yilda Yevropa chegara xizmatlarida soxta pasportlarni aniqlash uchun bir qator texnologiya va kadrlarni tayyorlash uchun sarmoya kiritilgan. 2020-yilda shunday holat Tojikiston konsullik tarkibida ham kuzatilgan edi. O‘shanda soxta tojik pasportlaridan foydalanishning oldi olingan edi. Ammo bunga nisbatan soxta passport sotuvchilar o‘z o‘yinlarini boshqa hududlarga ham yoyishni boshlashdi. 

O‘zbekistonlik sotuvchi ham soxta pasportlarni Fransiya, Belgiya, Bolgariya va Rossiya pasportlariga xuddi ikki tomchi suvday o‘xshatib tayyorlayapti. Bu haqida bir nechta videolar ham bor. O‘zbekistonlik sotuvchi tomonidan taqdim etilayotgan soxta pasportlar IShID a’zolariga Yevropa va AQShga kirishda yordam beradi”, – deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, sotuvchilar pasportdagi biometrik chipni yasay omaydi. Xodimlar tekshiruv paytida buni e’tiborsiz qoldirishgan.

“Turkiyada turli xil mijozlarga xizmat ko‘rsata oladigan, rus, arab va boshqa tillarni biladigan va hujjatlarni yuqori darajada taqdim etadigan maxsus sotuvchi bor”, – deb e’tirof etadi AQSh ichki ishlar vazirligi ham.

“Agar sizga Rossiya, Markaziy Osiyo, Turkiya, Yevropaning soxta pasportlari kerak bo‘lsa, menga yozing”, – deya xabar qoldirgan o‘zbek sotuvchisi Suriyaning shimoliy-sharqidagi lagerlar uchun ochgan Telegram kanalida.
Keltirilishicha, ushbu soxta pasportlar Turkiyadagi afg‘on qochqinlari uchun yangi mijozlar bazasini yaratgan. Uning qiymati qimmat bo‘lishiga qaramasdan, mijozlar aeroportlarda bulardan foydalanishmoqda.

“O‘zbek sotuvchisi 500 dollar uchun hatto o‘lim guvohnomasini ham yasay oladi. Agar siz Abu Bakr Bag‘dodiy bo‘lmasangiz, hech kim o‘lganingizni tekshirish uchun o‘likxonaga bormaydi. Ular shunchaki hujjatlarni qabul qilishadi va uni tizimga kiritadilar”, – deydi Rossiya soxta hujjatlar sotuvchisi.


Bu ham qiziq

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Rossiya va Ozarbayjon bir-birini agressivlikda ayblamoqda
19:39 / 02.08.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

“Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilib, sud oldida javob beradilar”, – deyiladi xabarda.
11:37 / 03.08.2025
3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025
Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Bu haqda tegishli kelishuv imzolandi
21:22 / 02.08.2025
“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Agarda investor talablarni buzsa, loyiha to‘xtatiladi va yer olib qo‘yiladi
22:47 / 03.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirib, vaziyat o‘rganilayotgan…
09:32 / 03.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Qulaylik maqsadida esa mazkur vokzalgacha jamoat transporti qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgani bildirildi.
09:24 / 03.08.2025
1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘mni tashkil etadi
18:29 / 03.08.2025
Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Hujjat muhokama uchun taqdim etilgan va hali tasdiqlanmagan.
16:24 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!