“Uch-qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi”da sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan axborot
2025-yilning 11-avgust kuni soat taxminan 02:20 larda, Toshkent tumani, “Sabzavot” MFY hududida joylashgan “Uch-qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi” MCHJda yong‘in kelib chiqqan.
Bozorning umumiy do‘konlar qurilgan maydoni 20.000 m/kv bo‘lib, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida 12.000 m/kv maydonda joylashgan savdo do‘konlari yong‘indan saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar aniqlanmadi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.
Hozirda yong‘in kelib chiqishi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda, tergov organlari yakuniy xulosasiga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!