$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Umra ziyorati uchun qo‘shimcha to‘lov qilinishi bo‘yicha rasmiy izoh berildi

18:57 / 17.01.2022

Bir necha kun avval O‘zbekiston musulmonlari idorasi Umra safari bilan bog‘liq muhim tafsilotlarni e’lon qilgandi.

Shuningdek, idora matbuot xizmati qo‘shilgan narxlar borasida tushuntirish bilan ham chiqdi. 
Qayd etilganidek, pandemiyadan oldin, ya’ni 2020-yil fevral oyiga qadar umra ziyorati uchun oxirgi belgilangan to‘lovlarni amalga oshirganlar qo‘shimcha ravishda 4.770.000 so‘m mablag‘ to‘laydilar.

“Shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoq yurituvchilari pandemiyadan avval, ya’ni 2020-yil fevral oyiga qadar qilingan umra to‘lovi miqdoriga qo‘shilgan qiymat borasida turli mulohazalar bildirmoqda.
Shu bois, qo‘shimcha to‘lov tafsilotini quyidagi jihatlar orqali bayon qilamiz:
Birinchi, koronavirus pandemiyasi umra xizmatlari ko‘rsatishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Avval qayd etganimizdek, mehmonxonada 4 kishilik xonaga 2 nafar ziyoratchi, 50 o‘rindiqli avtobusga 25 kishi joylashtirish kabi talablar o‘rnatildi.

Har bir fuqaroning safarga chiqqandan to Vatanga qaytib kelgunga qadar epidemiologik me’yorlarga javob beradigan tashkiliy va tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari maxsus qadoqlangan holda tarqatiladi, tibbiy xizmat ko‘rsatishda qo‘shimcha shifokorlar va maxsus dori-darmonlar bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda ikki yil avvalgi holatga nisbatan narx-navo ko‘tarildi. Buning ustiga qirollikda 15 foiz qo‘shimcha qiymat solig‘i ham joriy etildi.

Ikkinchi, tabarruk zaminda ziyoratchi har bir daqiqasini g‘animat bilib, faqat toatu ibodatga sarflashi uchun Makka va Madina shaharlarida Ikki Haramga yaqin bo‘lgan mehmonxonalar buyurtma qilindi. Masjidi Nabaviyga yaqin bo‘lgan 5 yulduzli “Pulman zam-zam” va Baytulloh atrofidagi “Jabal Umar” hududida joylashgan 5 yulduzli mehmonxona olindi. Qiyos uchun, oldingi yillarda ziyoratchilarimiz Makka shahrida Haram masjididan chamasi 1,2 km. bo‘lgan mehmonxonada istiqomat qilishgan.

Bular ziyoratchilarga besh mahal namozni Harami shariflarda ado etish, duoyu iltijolar bilan band bo‘lishda yengillik beradi. Yo‘l, taomlanish va boshqalar uchun ketadigan vaqtni tejaydi. Shuningdek, mehmonxonalarda tibbiyot va ishchi guruhlari xizmat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Saudiyada umra safarini tashkil qilish bo‘yicha bir necha shirkat imkoniyatlarini o‘rganganini avval ham xabar qilgan edik. Bunda Saudiya haj va umra vazirligi talabiga asosan umrani tashkil etish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan shirkatlar bo‘lishiga e’tibor qaratildi. Shu kunlarda, ijtimoiy tarmoqlarda muqobil taklif bilan chiqayotgan ba’zi shirkatlar umra xizmatini ko‘rsatish uchun yangilangan ruxsatnomaga ega emasligini bildirish bilan kifoyalanamiz.
Oldingi uzoq yillik hamkor shirkat ham pandemiyadan keyin litsenziya ololmagani uchun boshqa, imkoniyati kengroq “Abu Sarhad” shirkati bilan shartnoma imzolanganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.

Qo‘shimcha to‘lovlar yuzasidan yana bir jihat. Har bir Haj yoki umra mavsumi to‘lovlari uchun alohida hisob raqam ochiladi va sarf-xarajatlar amalga oshiriladi. Mablag‘lar bankdagi maxsus hisob raqamda saqlanadi. Mablag‘lardan muborak safarga tegishli yo‘nalishlardan boshqa maqsadda foydalanishga imkoniyat mavjud emas. 2020-yil fevral oyiga qadar umra uchun to‘lov amalga oshirgan, pandemiya sabab borish istagidan qaytgan fuqarolarning murojaatiga asosan to‘lovlari qaytarib berildi. Qolgan fuqarolarning mablag‘lari o‘z ixtiyorlariga ko‘ra, umra hisob raqamida saqlanmoqda.

Mo‘min-musulmonlarni umra ibodatiga boshchilik qilishda ko‘p yillik tajribaga ega, diniy mutaxassislar bilan ta’minlaydigan va bu borada vakolatli, rasmiy tashkilot hisoblangan O‘zbekiston musulmonlari idorasi orqali muborak safarni xavfsiz ado etishga chaqiramiz”,– deyiladi munosabatda.
 


Bu ham qiziq

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!