$
12675.00 UZS
4.95
138.36 UZS
0.36
13616.75 UZS
56
26° Kechasi 15°

“UzAuto Motors” avtomobillarga bo‘lgan talab o‘sishi ortidan fuqarolarga murojaat qildi

11:03 / 17.12.2022

“UzAuto Motors” O‘zbekistonda avtomobillarga bo‘lgan talabning anomal o‘sishi, global muammolar kuchayganini hisobga olib, “Chevrolet Lacetti”, “Cobalt”, “Damas” va “Labo” avtomobillariga shartnomalar qabul qilish vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qilib xaridorlarga murojaat yo‘lladi.

Qayd etilishicha, yarimo‘tkazgichlarning global yetishmovchiligi va logistika inqirozi shuningdek geosiyosiy turbulentlik butun dunyo bo‘ylab avtomobil sanoatini davomli inqirozga olib kelgan. Mikrochiplar tanqisligi, yetkazib berish zanjirining uzilishi va o‘zaro sanksiyalarning ta’siri ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga, komplektasiyalarni qisqartirishga va hatto zavodlar faoliyatini to‘liq to‘xtatishga majbur qilgan.

Shuningdek, inqiroz natijasida butun dunyo bo‘ylab avtomobil yetishmovchiligi va uzoq kutish vaqtlari yuzaga keldi. Yevropada xaridorlar o‘z avtomobillarini 22 oygacha kutishlariga to‘g‘ri kelmoqda, navbatlar 2 yilgacha cho‘zilgan.

Ta’kidlanishicha, Janubiy Koreyada ham xuddi shunday holat kuzatilmoqda. Shu bilan birga, dunyodagi inqirozlar avtomobillar narxiga ham sezilarli darajada ta’sir o‘tkazgan – faqatgina O‘zbekistondagi avtomobil brendlari o‘z narxlarini joriy yilning oktyabr oyidan boshlab o‘rtacha 8 foizdan ko‘proqqa oshirdi.

“Joriy yil davomida “UzAuto Motors” yiliga 300 ming avtomobilni ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zavodlarni maksimal ishlab chiqarish quvvatiga keltirdi. O‘tgan yilda ishlab chiqarish hajmi 235 ming dona avtomobilni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda global inqiroz sharoitida kompaniya ishlab chiqarish hajmini 31 foizga oshirdi. Yanvar oyidan to hozirgi kunga qadar 310 ming donadan ortiq avtomobil ishlab chiqardi”, – deyiladi xabarda.

Joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi va avtomobillar uchun narxlarning arzonligi sabab “Chevrolet” avtomobillariga bo‘lgan talabning g‘ayritabiiy o‘sishi kuzatildi. Mutaxassislarning fikricha, mamlakatimiz fuqarolari yengil avtomobillarni yuqori likvidli investisiya vositasi deb bilishadi. O‘tgan yili tuzilgan o‘rtacha oylik shartnomalar soni 21 000 tani tashkil etgan, joriy yilning noyabr oyida 76 000 dan ortiq shartnoma tuzilgan.

Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda sotib olingan 90 000 dan ortiq avtomobil (yillik ishlab chiqarish hajmining deyarli uchdan bir qismi) xaridorlar tomonidan qayta sotilgan. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlillar “olib-sotarlar” sonining ko‘payganini tasdiqlaydi. Unga ko‘ra kelishuvlar soni o‘tgan oyga nisbatan 41 foiz, o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan esa 2,3 barobarga ko‘paygan. Shubhasiz, “olib-sotarlar”ning bunday yuqori ulushi oddiy xaridorlarning kutish vaqtiga ta’sir o‘tkazgan va bozorda sun’iy tanqislikni yuzaga keltirgan.

“UzAuto” kompaniyasi tomonidan “General Motors” bilan 2023-yilda dunyodagi inqiroz sharoitida ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 ming dona avtomobilgacha oshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu uzoq vaqt hamda investisiyalarni ham talab qiladi.


Bu ham qiziq

Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Ma’lumki, birinchi qon guruhi universal bo‘lib, boshqa istalgan qon guruhidagi odamga uni quyish mumkin.
14:33 / 05.05.2024
Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Bu mamlakatda kuzatilgan ilk holat emas.
11:34 / 05.05.2024
To‘qayev 8-9-may kunlari Rossiyaga tashrif buyuradi va g‘alaba paradida ishtirok etadi

To‘qayev 8-9-may kunlari Rossiyaga tashrif buyuradi va g‘alaba paradida ishtirok etadi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 8-9-may kunlari Rossiyaga ishchi tashrif buyuradi va Buyuk Vatan urushidagi G‘…
14:19 / 04.05.2024
Politsiyachilar endi Microsoft’dagi AI’ning yuzni tanib olish dasturidan foydalana olmaydi

Politsiyachilar endi Microsoft’dagi AI’ning yuzni tanib olish dasturidan foydalana olmaydi

Microsoft nega ushbu qarorga kelganini izohlamadi.
14:38 / 05.05.2024
6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 6 may kuni Toshkentda havo biroz bulutli…
23:17 / 05.05.2024
Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Shifokorlar uni zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishgan.
14:32 / 04.05.2024
Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Pyotr Poroshenko 2014-yildan 2019-yilgacha Ukraina prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.
09:43 / 05.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!