$
11980.36 UZS
-30.09
₽
145.62 UZS
-0.02
€
13134.07 UZS
-66.62
31° Kechasi 18°

“Uzbekistan GTL” zavodi ishga tushirildi, yana bir korxonaga tamal toshi qo‘yildi

10:41 / 26.12.2021

Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida 25-dekabr kuni “Uzbekistan GTL” zavodining ochilish marosimi bo‘ldi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

- Bugun, Yangi yil arafasida ushbu qutlug‘ vohada mamlakatimiz sanoatida yana bir yorqin sahifa ochayotgan tarixiy voqeaga guvoh bo‘lish barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Bunday ulkan majmuaning qurilishi keyingi yillarda sanoat rivojini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirayotgan siyosatimiz natijasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi, - degan Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu zavod mamlakatimizda va umuman mintaqamizda neft-gaz-kimyo sanoati sohasidagi eng yirik korxonadir. Majmuada yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jumladan, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.

Ushbu mahsulotlar hisobiga, yiliga 500 million dollarlik import o‘rni qoplanadi, 200 million dollarlik eksport va 2 trillion so‘mlik soliq tushumlari ta’minlanadi.

Natijadorlik jihatidan aytganda, bu yerda tabiiy gaz 3 barobar yuqori qiymatli tayyor mahsulotlarga aylantiriladi. Xususan, aviakerosin juda toza va sifatli bo‘lib, eng zamonaviy samolyotlarga mo‘ljallangani uchun unga hamisha talab bor. Zavodda ishlab chiqariladigan dizel yoqilg‘isi ham kamida Yevro-6 standartlariga mos bo‘ladi. Bu mahsulotlar mamlakatimizdagi logistika markazlarini rivojlantirish va aviasiya xablarini tashkil qilishga mustahkam zamin yaratadi.

Xalqaro energetika agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, GTL mahsulotlarini ishlab chiqarish 2030-yilga borib 2 barobar o‘sadi. Shu bois yanada yuqori qo‘shilgan qiymatli boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan. Jumladan, zavod negizida alkil-benzol, buten va geksen, sintetik moylar, malein angidrid, emulsion qo‘shimchalar, katalizatorlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 620 million dollar bo‘lgan 6 ta loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan. Bu yarim tayyor mahsulotlar kimyo va maishiy kimyo, tekstil, charm va mebel, qurilish materiallari va elektrotexnika kabi sohalarda keng qo‘llaniladi.

Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda butun dunyo “yashil iqtisodiyot”ga o‘tayotgani, savdo-sotiqda shu borada talablar qo‘yayotganini qayd etgan. “Uzbekistan GTL” mahsulotlari esa jahondagi eng yuqori ekologik talablar va standartlarga to‘liq javob beradi. Bu yerda tayyorlanadigan sintetik yoqilg‘i an’anaviy yoqilg‘ilarga nisbatan 40 foiz kam chiqindi va zararli gaz hosil qiladi. Buning hisobidan, yiliga 13 ming 500 tonna zararli gazlarning havoga tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

- Zavod ishga tushganidan keyin jami 1 ming 300 ta mutaxassis yuqori daromadli, doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Meni quvontiradigani, zavod qurilishida qatnashgan mutaxassislarning qariyb 80 foizi o‘zimizning mahalliy kadrlar, yangicha ishlashga chanqoq yoshlar. Bu tajriba kelgusida mamlakatimizda yangi sanoat ob’yektlarini o‘z kuchimiz bilan barpo etishda albatta juda kerak bo‘ladi.
Bu yoshlar – Yangi O‘zbekiston yoshlari. Ular milliy sanoatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib, bu yo‘lda “oltin fond”imizga aylanadi, - deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

O‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqish, talabalar amaliyotini shu zavodda tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Marosimda “Uzbekistan GTL” zavodining texnik direktori Marsel Yurgen Krauze, “Hyundai Engineering” kompaniyasi prezidenti Kim Chang Xag, “Gazprombank” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Aleksey Matveyev, “Air Products and Chemicals” kompaniyasi prezidenti Seyfi Gasemiy so‘zga chiqib, yangi zavodning ahamiyatini qayd etdi.
Mehnat faxriylari, ishchilarning ota-onalari mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash tamoyili shu loyiha misolida namoyon ekanini ta’kidlab, davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Marosim doirasida yana bir korxona - Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini 3 barobarga kengaytirish bo‘yicha loyiha qurilishiga ham start berildi.
Bu loyihaning qiymati 1 milliard 800 million dollar bo‘lib, Uzbekistan GTL zavodi yonida quriladi. Unda 430 ming tonna naftani qayta ishlash hisobiga yiliga 280 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen tayyorlanadi. Yana mingga yaqin ish o‘rni ochiladi.
Shu tariqa, Sho‘rtanda yurtimizdagi birinchi yirik gaz-kimyo klasteriga asos solinadi. Bu klasterda mahsulot ishlab chiqarish hajmi hozirgi 290 million dollardan 2025-yilda 1,8 milliard dollarga yetkaziladi. Ya’ni, 6 barobarga oshadi.
Ushbu klaster tizimidagi korxonalar 1 dollarlik xom ashyodan 10 dollarlik yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar yaratadi.
Ikki yangi majmua nafaqat o‘zining mahsuloti orqali, balki boshqa sanoat sohalarida 100 million dollarlik butlovchi va ehtiyot qismlar uchun bozor shakllantiradi.

- Bu loyihalar O‘zbekistonda yangi sanoat davrini yaratish yo‘lidagi ilk yirik qadamlarimizdan biridir. Ishonchim komilki, sizlar bilan birga kelgusida bu borada iqtisodiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shadigan, uning raqobatbardoshligini mustahkamlaydigan yana ko‘plab yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshiramiz, - degan Prezident.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev yangi korxona qurilishiga tamal toshi qo‘ygan.
Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safarini yakunlab, Toshkent shahriga qaytib keldi, deyiladi xabarda

.


Bu ham qiziq

Soxta mehnat şartnomalari sabab 50 dan ortiq özbekistonlikka Xorvatiya vizasi berilmadi

Soxta mehnat şartnomalari sabab 50 dan ortiq özbekistonlikka Xorvatiya vizasi berilmadi

Xorvatiyada işlaş uçun viza olişga murojaat qilgan 50 nafardan ortiq Özbekiston fuqarosining mehnat şartnomalari soxta ekani…
15:16 / 18.11.2026
Irlandiyada erkak bolta bilan AQŞ harbiy samolyotini işdan çiqardi

Irlandiyada erkak bolta bilan AQŞ harbiy samolyotini işdan çiqardi

Irlandiyaning Şannon aeroportida 48 yoşli erkak bolta bilan AQŞ Milliy gvardiyasiga tegişli C-130 Hercules harbiy samolyotig…
10:58 / 18.11.2026
Samarqandda uç kişini Umraga yuborişni va’da qilgan firma rahbari uşlandi

Samarqandda uç kişini Umraga yuborişni va’da qilgan firma rahbari uşlandi

Samarqandda uç nafar fuqaroni tegişli litsenziyasiz Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga 3 750 AQŞ dollari …
09:18 / 19.11.2026
Qarindoşi va hamkasbini soxta ayblovlar bilan sudlatgan erkak 9 yilga qamaldi

Qarindoşi va hamkasbini soxta ayblovlar bilan sudlatgan erkak 9 yilga qamaldi

Toşkent viloyatining Böka tumanida qarindoşi va hamkasbiga qarşi soxta ayblovlar uyuştirib, ularning sudlanişiga sabab bölga…
09:23 / 18.11.2026
“Kokoş” va uning dugonalariga çiqarilgan hukm yuzasidan Toşkent şahar sudlari izoh berdi

“Kokoş” va uning dugonalariga çiqarilgan hukm yuzasidan Toşkent şahar sudlari izoh berdi

Toşkent şahar sudlari bloger Komila Abduqodirova (“Kokoş”), aktrisa Barçin Ğofurova va bloger Nihola Rajabovaga nisbatan çiq…
15:21 / 18.11.2026
Andijonda poyezd Damas bilan töqnaşdi

Andijonda poyezd Damas bilan töqnaşdi

Andijon viloyatining Asaka tumanida 16-noyabr kuni temiryöl kesişmasida Damas avtomobilini poyezd urib yubordi. Hodisa oqiba…
14:02 / 16.11.2026
Trampga suiqasd uyuştiriş rejasida qatnaşgan pokistonlik 27 yilga qamaldi

Trampga suiqasd uyuştiriş rejasida qatnaşgan pokistonlik 27 yilga qamaldi

Eron hukumati bilan aloqalari bölgan pokistonlik Osif Merçant AQŞ prezidenti Donald Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga…
10:51 / 18.11.2026
Samarqandda çaqaloğini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga şartli jazo tayinlandi

Samarqandda çaqaloğini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga şartli jazo tayinlandi

Samarqand şahrida tört kunlik öğlini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga sud hukmi öqildi. Jinoyat işlari böyiça Samarqa…
10:54 / 18.11.2026
18 yoşli futbolçi boşiga töp tegişi oqibatida vafot etdi

18 yoşli futbolçi boşiga töp tegişi oqibatida vafot etdi

Argentinalik 18 yoşli futbolçi Abel Nunes yoşlar örtasidagi futbol uçraşuvida boşiga töp tegişi oqibatida olgan miya jarohat…
10:10 / 17.11.2026
18-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

18-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Ertaga respublika böylab havo özgaruvçan böladi, keçasi va ertalab ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin.
17:56 / 17.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!