$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Xalqaro maydondagi chigal vaziyat: Kosovoda nima boʻlyapti?

10:31 / 01.08.2022

Kecha, 31-iyul kuni kechqurun Kosovska Mitrovitsadagi vaziyat keskin tus olishni boshladi. Shaharda havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar yangradi. Politsiyaning maxsus kuchlari Serbiya chegarasiga olib kelindi. Oʻz navbatida Belgrad ham armiya va maxsus samolyotlarni Ibar daryosiga oʻtkazadi.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Kosovo hukumati mintaqada yashovchi serblarga qarshi operatsiya tayyorlayotganini iddao qildi. Kosovo bosh vaziri Albin Kurti esa serblarni Albaniya politsiyasiga qarata oʻq uzganlikda aybladi. Xoʻsh, ikki davlat oʻrtasida qanday nizolar yuz bermoqda?

Xabardor.uz Kosovo va Serbiya oʻrtasida boʻlayotgan mojaro haqida qisqacha hikoya qiladi.

Boʻlajak toʻqnashuv haqida Serbiya prezidentining bashorati

Kecha, 31-iyul kuni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat fuqarolariga murojaat qilib, Kosovo Respublikasidan boʻlishi mumkin boʻlgan hujum haqida ogohlantirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Kosovo qurolli kuchlari shimoliy yoʻnalishdan zarba berishga tayyorlamoqda. U “Kosovoni tan olgan yirik davlatlar vakillarini” mojaroga aralashishga va Kosovo hukumatini toʻxtatishga chaqirdi.

Serbiyaning “Вечерне новости” portali Kosovo harbiy va og‘ir texnika bo‘linmalari o‘zini o‘zi e’lon qilgan respublika poytaxti Prishtinadan shimolga ko‘chib o‘tgani haqida xabar berdi.

Oʻsha kuni tushdan keyin turli manbalar Kosovo-Serbiya chegarasida Serbiya armiyasi va Kosovo Respublikasi politsiyasi oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz bergani, natijada odamlar jarohatlangani haqida xabar berdi.

Toʻqnashuvning har ikki tomondan rad etilishi

Biroq, keyinchalik Serbiya Mudofaa vazirligi bu maʼlumotlarni rad etib, Prishtinada dezinformatsiya ataylab tarqatilganini taʼkidladi. Xuddi shunday bayonot bilan Kosovo hukumati ham toʻqnashuv qurbonlari haqida maʼlumotlarga ega emasligini taʼkidladi.

Shu bilan birga, 31-iyul oqshomida Kosovo politsiyasi chegarada oʻz harbiylari yoʻnalishida bir martalik oʻq uzishlar qayd etilganini, biroq natijada hech kim jabrlanmaganini maʼlum qildi.

31-iyul kuni kechqurun Kosovo shimolida havo hujumi sirenalari yangradi. Mahalliy OAVning yozishicha, Kosovo chegarachilari bazasi joylashgan Kosovska Mitrovitsa shahrida jangovar kiyimdagi Kosovo politsiyasi paydo boʻlgan.

Kosovo online portalining xabar berishicha, politsiya Serbiya markazidagi Brnyak va Yarine chegara punktlarini yopib qoʻygan, chunki mahalliy serblar magistral yoʻllarda barrikadalar qura boshlagan va Prishtinaning serb hujjatlarini bekor qilish qaroriga norozilik bildirgan.

Shuningdek, Kosovo Online xabariga koʻra, oʻzini oʻzi eʼlon qilgan respublika hududida NATO tinchlikparvar kontingenti shay holatga keltirildi.

Serbiya OAVlari Kosovo shimolida havo hujumi sirenalari eshitilganini xabar qilmoqda. Ularga koʻra, Kosovo maxsus kuchlari Serbiya bilan chegarani yopib qoʻygan, bunga javoban Serbiya armiyasi yuqori shay holatga keltirilgan.

Qisman tan olingan Kosovo bosh vaziri Albin Kurtining aytishicha, Serbiya tomonidan mahalliy politsiya vakillariga oʻq uzilgan. Uning taʼkidlashicha, “bu tartibsizlikning asosiy aybdorlari” Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich hamda Kosovo va Metoxiya boʻyicha idora direktori Petar Petkovichdir.

Bosh vazir shuningdek, serblarni “milliy-shovinizim”da ayibladi va keyingi bir necha haftada munosabatlar tarang boʻlishini qoʻshimcha qilgan.

Keyinchalik, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich xalqqa murojaat qilib, tinchlikka chaqirdi.

“Biz Kosovo va Metoxiyadan kelgan serb xalqi vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdik, har qanday holatda ham tinchlikni saqlashga harakat qilamiz, albanlardan oʻz fikrlarini oʻzgartirishni va serblardan provokatsiyalarga berilmasliklarini soʻrayman. Men qudratli davlatlarning vakillaridan xalqaro huquq va joylardagi vaziyatga ozgina eʼtibor berishlarini soʻrayman, toki oʻz vatandoshlari nizolar keltirib chiqarmasin. Bu mening katta iltimosim. Biz hammamiz tinchlik tarafdorimiz. Agar ular serblarni taʼqib qilishga, serblarni oʻldirishga jurʼat etsa, Serbiya gʻalaba qozonadi”, deydi Serbiya prezidenti

Voqealar rivojini Xabardor.uz’da kuzatishda davom eting.



														
														Xitoyda Si Szinpinning Putin va Trampga munosabati OAV e’tiborini tortdi

Xitoyda Si Szinpinning Putin va Trampga munosabati OAV e’tiborini tortdi

Xitoyda ötkazilayotgan APEC sammiti doirasida Xitoy raisi Si Szinpinning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidenti…
09:28 / 19.11.2026

														
														Irlandiyada erkak bolta bilan AQŞ harbiy samolyotini işdan çiqardi

Irlandiyada erkak bolta bilan AQŞ harbiy samolyotini işdan çiqardi

Irlandiyaning Şannon aeroportida 48 yoşli erkak bolta bilan AQŞ Milliy gvardiyasiga tegişli C-130 Hercules harbiy samolyotig…
10:58 / 18.11.2026

														
														Trampga suiqasd uyuştiriş rejasida qatnaşgan pokistonlik 27 yilga qamaldi

Trampga suiqasd uyuştiriş rejasida qatnaşgan pokistonlik 27 yilga qamaldi

Eron hukumati bilan aloqalari bölgan pokistonlik Osif Merçant AQŞ prezidenti Donald Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga…
10:51 / 18.11.2026

														
														Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026

														
														Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 5–6 yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örniga planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilayo…
09:53 / 07.11.2026

														
														Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026

														
														Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

U yarim yil davomida evakuatsiya qilinishini kutgan – og‘ir jarohatlari tufayli o‘z oyoqlarini kesib tashlashiga to‘g‘ri kel…
17:17 / 25.10.2026

														
														Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan …
17:31 / 20.10.2026

														
														Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026

														
														Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni hal qiliş va uruşni yakunlaş uçun Rossiya yoki Xitoydan yordam söraş niyatid…
16:58 / 19.11.2026
Kosovo sobiq prezidenti Hoşim Taçiga yana qamoq jazosi tayinlandi

Kosovo sobiq prezidenti Hoşim Taçiga yana qamoq jazosi tayinlandi

Kosovoning sobiq prezidenti Hoşim Taçi guvohlarga bosim ötkaziş va sud jarayoniga tösqinlik qilişda aybdor deb topilib, 1 yi…
10:14 / 19.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!