$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

XDP O‘zbekiston prezidentligiga Ulug‘bek Inoyatovning nomzodini tasdiqladi

16:12 / 29.05.2023

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining XIII qurultoyida partiya yetakchisi Ulug‘bek Inoyatovni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, qurultoyda nomzodning 9-iyul kuni bo‘lajak muddatidan oldingi prezident saylovidagi dasturi tasdiqlandi.
 
Partiya 12-may kuni Ulug‘bek Inoyatovni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatgandi. Keyin partiya prezident saylovida ishtirok etishga ijozat so‘rab, Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirdi va unda ishtirok etish uchun ijozat oldi.
 
"Nomzod dasturida ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda ijtimoiy adolat, ijtimoiy tenglik va xalq hokimiyatchiligi mezonlariga mos keladigan demokratik ijtimoiy davlatni barpo etishdir", - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, dasturda davlat va jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish yo‘nalishlarida 100 ga yaqin taklif va tashabbuslar ilgari surilmoqda.
Xususan, ijtimoiy davlatchilik poydevori, barqaror jamiyat va farovon turmush asosi sifatida kuchli ijtimoiy siyosat sohasida pensiya tizimini takomillashtirish, “Eng kam iste’mol xarajatlarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi, “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini ulush qo‘shgan holda qurishda ishtirok etish to‘g‘risida”gi, “Uy-joy qurilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilish, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, maktablar o‘quv dasturlarida chet tillar va IT bo‘yicha o‘quv soatlarini keskin ko‘paytirish, “maktab solig‘i”ni joriy etish, ijara kompensatsiya tizimini doktorantlarga nisbatan ham joriy etish, pensionerlarning hayot darajasini yaxshilash, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish kabi tashabbuslar ilgari surilmoqda.
 
Barqaror taraqqiyot va ijtimoiy farovonlik asosi sifatida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotda davlatning faol roli va ishtirokini saqlab qolish, mahalliy investorlarga xorijiy investorlar bilan bir xil imtiyozlar berish, qimmatbaho mol-mulk uchun soliq joriy etish, internet, ijtimoiy tarmoqlar orqali tijoriy faoliyat, reklama bilan shug‘ullanayotganlar daromadlarini soliqqa tortish, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan sohalarni hamda o‘zini o‘zi band qilgan deb hisoblanadigan faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish kabi tashabbuslar o‘rin olgan.
Qonun ustuvorligini, tenglik va inson huquqlarini ta’minlash garovi sifatida sud-huquq islohotlariga ham nomzod dasturida alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda viloyat, tuman (shahar) sudlari raislarining har yili rotatsiya qilish, odil sudlovni amalga oshirishda hakamlar hay’ati institutini joriy qilish, sohaviy nazorat organlari (inspeksiyalar) faoliyatini kuchaytirish, fuqarolarning mehnat huquqlarini amalga oshirilishida jamoatchilik nazorati va mehnat inspeksiyasining rolini oshirish, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘laklarini xatlovdan o‘tkazib, svetoforlar bilan jihozlash bo‘yicha dastur qabul qilish kabi bir qator yangi va muhim taklif-tashabbuslar o‘rin olgan.
 
Nomzodning dasturida ijtimoiy tenglikka va xalq hokimiyatchiligiga asoslangan demokratik boshqaruv tizimini isloh etish bo‘yicha ijro hokimiyati tomonidan muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish, ayrim davlat funksiyalarini bosqichma-bosqich fuqarolik jamiyati institutlariga o‘tkazish, davlat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining bevosita ishtirokini kengaytirish hamda siyosiy partiyalar, ularning deputatlik birlashmalarining huquq va vakolatlarini yanada kengaytirish kabi takliflar ilgari surilmoqda.
 
Dasturda ochiqlik va milliy manfaatlar ustuvorligiga asoslangan konstruktiv tashqi siyosat masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
 
Xususan, ushbu yo‘nalishda inson huquqlari sohasidagi xalqaro hujjatlarga qo‘shilish, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi takliflar ilgari surilmoqda.

Bu ham qiziq

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!