$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Xitoyning BYD kompaniyasi xorijdagi birinchi zavodini O‘zbekistonda ochmoqchi

10:21 / 27.09.2023

Xitoyning BYD (Build Your Dreams) kompaniyasi xorijdagi birinchi zavodini O‘zbekistonda ochmoqchi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” xabar berdi.

"BYD Company Ltd" asoschisi va prezidenti Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiyaning mamlakatga tashrifi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda kompaniya o‘rtasida investitsion kelishuv imzolandi.

“Mazkur kelishuvga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi va yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi BYD avtomobillarini to‘liq zanjir asosida ishlab chiqarish, ya’ni payvandlash, bo‘yash, yig‘ish jarayonlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, kompaniya Xitoydagi butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalarni O‘zbekistonga olib kelish orqali avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini bosqichma bosqich oshirishida har tomonlama ko‘mak berishga tayyor.

BYD mahsulotlarining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida, Xitoy tomoni uchun mazkur sohada yangi rejalarni kengaytirish imkonini berdi.

“Zavodda dastlab 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarish, keyinchalik ko‘rsatkichni 300 mingga yetkazish rejalashtirilgan”, – deyiladi xabarda.

Tashrif doirasida delegatsiya “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida tez orada BYD brendi ostida yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarilishi kutilayotgan "BYD Uzbekistan Factory" zavodidagi ishlar bilan yaqindan tanishishadi. Ta’kidlanishicha, mazkur zavodga aloqador bo‘lgan asosiy liniyalardagi (payvandlash, bo‘yash, yig‘ish) uskuna va jihozlarining texnik talablari va joylashuv sxemasini o‘z ichiga olgan barcha texnologik me’yorlar, shuningdek, ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha batafsil rejasi Xitoy kompaniyasi muhandislari tomonidan muddatidan olti oy oldin yakunlandi.

"Bugungi kunda “BYD” kompaniyasining 7 ta dilerlik va servis markazlari faoliyat olib bormoqda, yil yakuniga qadar boshqa viloyatlarda ham yana 6 ta markazning ochilishi kutilmoqda", – deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “O‘zavtosanoat” va “BYD Company Ltd” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi tuzilgan. Huddi shu yilning dekabr oyida “BYD Company Ltd” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Ma’lumot uchun, 1995-yilda tashkil etilgan “BYD” kompaniyasi hozirda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi sanaladi.


Bu ham qiziq

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!