$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Yangi og‘izdan eski gap”: chiroqchilik tadbirkorlar nimadan norozi?

10:39 / 24.11.2021

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani markazida qayta qurilgan markaziy dehqon bozorining “yangi”ligi qolmadi. Bozorning qayta qurilganiga 8 yil bo‘ldi. Ammo eski bozorda tadbirkorlik qilib oila tebratganlarning buzilgan do‘konlariga hozirgacha kompensatsiya to‘lab berilmagan.

Tahririyatga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, tuman markazidagi dehqon bozorida, qayta qurilishdan oldin do‘konlari bo‘lgan o‘nga yaqin tadbirkor Chiroqchi tuman hokimligidan ko‘rgan zararlari uchun to‘lov undirolmay kelishmoqda. Ular “ana to‘lab beramiz, mana to‘lab beramiz”lardan charchashgan.

Gap shundaki, tuman hokimining 2013-yil sentyabr oyidagi Chiroqchi dehqon “Oziq-ovqat bozori” MChJni o‘z o‘rnida qayta ta’mirlash to‘g‘risidagi tegishli qarori qabul qilinadi va bozor hududidagi xususiy do‘konlar snosga tushadi.

Ammo hokimlik hisobidan do‘kondorlarga yetkazilgan zarar miqdori qoplab berilmaydi va yer maydonlari ham ajratilmaydi. 
Vaholanki, Fuqarolik kodeksining 166-moddasida mulkning daxlsizligi va uning qonun bilan himoyalanishi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, ushbu hujjatning 206-moddasiga ko‘ra, “olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki ekinlarni buzib tashlashga zararlarning o‘rni bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplanmaguniga qadar yo‘l qo‘yilmasligi” aytiladi.

Shuningdek, Yer kodeksiga ko‘ra ham “yer uchastkalarini olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining buzilishiga jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foyda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarning o‘rni to‘liq qoplanganidan so‘nggina ruxsat berilishi” qayd etib o‘tilgan.

Kelib tushgan murojaatga ko‘ra, hokimlik tadbirkorlarga yetkazilgan zararni joriy yil 1-oktyabrga qadar to‘lab berishini aytgan, ammo javobgar – tuman hokimligi turli xil vajlar bilan zararni qoplash masalasini ortga surib kelmoqda.

Xabardor.uz ushbu masalada bo‘lib o‘tgan sud majlislarida da’vogar tomonining huquqlarini himoya qilib kelgan Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi vakili bilan bog‘landi. Uning aytishicha, bu masalada “boshqarmaga ariza bilan murojaat qilgan barcha fuqarolarning ishlari sudda ko‘rilgan va sudning undiruv haqidagi qarori chiqishiga erishilgan. Ammo tuman hokimligi noma’lum sabablarga ko‘ra, tadbirkorlarga yetkazilgan zararni to‘lab berishni kechiktiryapti”. 

Tahririyatning aniqlashicha, joriy yilning 20-avgust sanasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti" arafasida ikki nafar tadbirkorga kompensatsiya pullari to‘lab berilgan.

Xo‘sh, da’vogarning da’vosi qanoatlantirilishi uchun ish O‘zbekiston Prezidenti darajasida ko‘rilishi kerakmi?!

Xabardor.uz surishtiruvning xolisligini ta’minlash maqsadida ikkinchi tomon – tuman hokimligiga ham quloq tutdi. Chiroqchi tumani hokimligi Iqtisodiyot bo‘limi mutaxassisi Boymamat Yoriyevga ko‘ra, shu kunga qadar tuman Markaziy dehqon bozori bo‘yicha 15ga yaqin tadbirkorga 2 mlrd 11,9 mln so‘m miqdoridagi ko‘rgan zararlari qoplab berilgan. Hozirgi kunda ham 12-13 nafar fuqaroning hujjatlari tegishli tartibda Viloyat hokimligiga kiritilgan.

Kompensatsiya pullari esa Viloyat hokimligining davlat hamda jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armasi tomonidan to‘lab beriladi.

Har qanday holatda ham tadbirkorning ishini ortga suruvchi xatti-harakat yoki harakatsizlik bugungi kun uchun xiyonat deb baholanishi kerak. Bir emas o‘nga yaqin tadbirkorning 8 yillik masalasi bugungacha yetib kelishi, kamiga ular o‘z muammolariga yechimni tadbirkorga ko‘makchi bo‘lishi kerak bo‘lgan mahalliy hokimiyatlardan qidirmay, so‘nggi chora sifatida sudga, OAVga murojaat qilishi achinarli.

Tahririyat mazkur masala bo‘yicha kuzatuvlarini davom ettiradi va mahalliy hokimiyatdan tadbirkorlik bilan shug‘ullanib mahalliy aholini ish bilan ta’minlayotgan, davlat byudjetini soliq bilan to‘ldirayotgan fuqarolarini o‘z himoyalariga olishlarini so‘raydi.


Bu ham qiziq

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!