$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Yaponiya bilan hamkorlikda Orol dengizining qurigan qismida ilmiy stansiya quriladi

16:24 / 02.10.2022

O‘zbekiston innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegasiya Tokioda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi katta vise-prezidenti Keichiro Nakazava bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushrashuvda tomonlar Orol dengizining qurigan tubi hududida tadqiqotlar olib borish uchun ilmiy stansiya yaratish, Orolbo‘yi hududini iqtisodiy rivojlantirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida Yaponiyaning kichik innovasion texnologiyalarini jalb qilishda hamkorlik olib borish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, startaplarni qo‘llab quvvatlash va yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘shma akselerator dasturini tashkil etish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Keichiro Nakazava O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish sohasida kredit shartnomasini imzolash uchun Toshkentga amalga oshirgan safarini samimiy esga oldi. O‘zbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan islohotlar unda katta ijobiy taassurot qoldirganini ta’kidlab o‘tdi. O‘z o‘rnida ilm-fan va innovasiyalar sohasiga ham respublika rahbariyati tomonidan qaratilayotgan e’tibor yaqin kelajakda katta natijalar keltirishiga ishonch bildirdi.

Ibrohim Abdurahmonov esa Yaponiya bilan hamkorlik darajasini yuqori baholab, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi. Jumladan, O‘zbek-yapon yoshlar innovasion markazi faoliyatini takomillashtirish borasida hamkorlikda amalga oshirilgan moliyaviy va infratuzilmaviy o‘zgarishlar, Orolbo‘yi hududida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston va Yaponiya olimlari hamkorligida bajarilayotgan qo‘shma tadqiqotlar qayd etildi.


Bu ham qiziq

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!