Shu kunlarda oʻzbek boksi afsonasi Rufat Risqiyevga yangi uy qurish ishlari olib borilmoqda. MOQning xabar berishicha, yangittan qad rostlayotgan yangi xonadonning tom qismi yopilib, pardozlash ishlari boshlab yuborilgan.
Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov bayram arafasi Rufat Asadovichning xonadoniga tashrif buyurib, qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Qayd etilishicha, yangi uy Rufat Risqiyening xonadonida, oʻz hovlisining boʻsh qismida qad rostlamoqda. Yaqin kunlarda uy toʻliqligicha bitkaziladi va afsonaviy bokschi yangi xonadonga koʻchib oʻtadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!