$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
32° Kechasi 21°

Yerlarni auksionga chiqarish soddalashtiriladi

09:27 / 01.12.2022

Shavkat Mirziyoev yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, 2021-yil 15-noyabrda “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, uning talablari Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14-fevraldagi qarori bilan yo‘lga qo‘yilgan.

Shundan buyon o‘tgan vaqt davomida, yaʼni 2022-yil fevral-oktabr oylarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun “Yerelektron” axborot tizimi orqali 48 mingta yer uchastkasi auksion savdolariga chiqarilgan. Yuridik va jismoniy shaxslar foydalanib kelayotgan 5 mingga yaqin yer uchastkasini xususiylashtirish bo‘yicha ijobiy xulosa berilgan.

Shuningdek, amaldagi ishlar tahlili bu tizimda ayrim kamchiliklar borligini ko‘rsatadi. Masalan, auksionga chiqarish taklif etilgan 12 mingtadan ziyod uchastka qishloq xo‘jaligi yerlarida yoki muhofaza hududda joylashgani aniqlangan. Bo‘sh yer uchastkalari “Yerelektron” axborot tizimiga faqat qurilish bo‘limlari tomonidan kiritilayotgani sababli, hamma bo‘sh yerlarni topish jarayoni to‘liq qamrab olinmayapti. Shu bois bu ishlarni hududiy qurilish bo‘limlari va kadastr organlari birgalikda amalga oshirishi taklif etilmoqda.

Amaliyotda qiyinchilik tug‘dirayotgan yana bir muammo yerlarni auksionga chiqarish bosqichlari ko‘pligi. Hozirgi kunda bu 13 ta bosqichdan iborat bo‘lib, ijara huquqi bilan yer olishda 48 ish kuni, mulk huquqida 74 ish kunigacha vaqt ketmoqda. Shu bois yerni auksionga chiqarish bosqichlarini 8 taga tushirib, muddatlarini tegishlicha 16 va 22 ish kunigacha qisqartirish mumkinligi aytildi.

Ayrim shaharchalarning bosh rejasi yo‘qligi ham jarayonni sekinlashtirmoqda. Shuning uchun bunday joylarda yerlarni hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda, master-reja asosida auksionga chiqarish taklifi bildirilgan.

Kichik sanoat zonalarining hududi esa aniq. Shu bois ulardagi yerlarni bosh rejada nazarda tutilgan lotlarga muvofiq, sodda tartibda tadbirkorlarga berish zarurligi taʼkidlandi.
Aholi o‘zi foydalanib kelayotgan yerlarni xususiylashtirishi mumkinligi yaxshi imkoniyat. Hozirda buning to‘lovi yillik yer solig‘ining 20 baravari miqdorida. Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda bergan ko‘rsatmalariga muvofiq, bu qiymat Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida belgilanmoqda.

Davlat rahbari taklif etilgan chora-tadbirlarni maʼqullab, aholi va tadbirkorlarga yengillik yaratish, yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi.

 


Bu ham qiziq

Bolalarga 6-9 oylikkacha qanday qo‘shimcha ovqat berish lozim?

Bolalarga 6-9 oylikkacha qanday qo‘shimcha ovqat berish lozim?

Bolalar parvarishi haqida tavsiyalar.
09:58 / 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyurdi

Prezident Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
16:30 / 08.05.2024
Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati “Qipchoq ponton ko‘prigi” orqali amalga oshiriladi.
17:07 / 07.05.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

U urush davrida 214 ming askar va ofitserlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlangani ma’lum qildi.
15:16 / 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
19:35 / 07.05.2024
Qisqa metrajli o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Qisqa metrajli o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan festivalda “Uzum ta’mi” nomli film “Eng yaxshi qisqa metrajli film” deb topildi.
11:05 / 08.05.2024
O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni zichligi aniqlandi

O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni zichligi aniqlandi

Eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida ma’lum qilingan.
14:38 / 08.05.2024
Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Bu haqda u Telegram kanalida ma’lum qilgan.
17:41 / 07.05.2024
Putin rasman Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi

Putin rasman Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi

U mamlakatni yana 6 yil boshqaradi
14:53 / 07.05.2024
Prezident jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Prezident jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Bobolar o‘zbekistonliklarni tinchlikning qadriga yetish, vatanparvarlik, mehnatsevarlikka da’vat etdi.
14:30 / 08.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!