Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu masalaga oid, bir qator topshiriqlar berdi.
Ota-ona mehridan mahrum bo‘lib ulg‘aygan bola voyaga yetgach, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun unga kerak bo‘ladigani yetarli taʼlim, kasb-hunar va ish bilan taʼminlanishdir. Ammo yana bir muhim jihat borki, bu davlatning alohida resurslarini hamda o‘ta shaffof va adolatli tizim bo‘lishini talab qiladi.
Gap yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga uy-joy berish tizimi haqida bormoqda.
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan selektorda Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu masalaga atroflicha to‘xtalib, bir qator topshiriqlar berdi va tizim tubdan qayta ko‘rib chiqilishini aytdi.
Bunda:
— “Inson” markazlari tomonidan haqiqatda uy-joyga muhtoj yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi;
— Ularga beriladigan uy-joyning narxi bozor bahosidan kelib chiqib, hududlar kesimida belgilanadi.
Hozirda hududidan qatʼi nazar, 1 xonali (25 kvadrat metr) uy uchun 132 million so‘m ajratilayapti. Lekin bu narxga uy-joy deyarli yo‘q.
Shundan kelib chiqib, joriy yilda bu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar 140 milliard so‘mga yetkaziladi (o‘tgan yili viloyatlarga 72 milliard so‘m berilgan).
Viloyat hokimlari 1-iyunga qadar navbatda turgan 500 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlashga shaxsan masʼul etib belgilandi.
Bunda, hokimlar – yetim bolalar uchun uy-joy topish va ularni joylashtirishga, Ijtimoiy himoya agentligi esa, uy-joy sotib olishni moliyalashtirishga masʼul bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!