$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk soliqdan ozod etiladi

09:25 / 31.12.2021

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi.

Mazkur tartib joriy yil 29-dekabr kuni Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonunda qayd etib qo‘yildi.

Shuningdek, mazkur hujjat bilan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2 foizdan 1,5 foizga, qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan 4 foizdan 3 foizga kamaytirildi.

2021-yil 1-sentyabrdan 2021-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi.

Respublika tumanlarida (bundan Toshkent shahri mustasno) faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar BHMning 50 foizi miqdorida qo‘llaniladi.

Bundan tashqari Qonun bilan foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i joriy etildi.

Qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi va ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi.

Mazkur soliq stavkasi soliq bazasiga nisbatan 25 foiz miqdorida belgilanadi.

Mazkur soliq to‘lovchisi bo‘lgan chet el investorlari soliq hisobini AQSh dollarida yuritishi mumkin.

Soliq imtiyozlarini hisobga olish axborot tizimlari orqali va maxsus identifikatsiya kodini bergan holda amalga oshiriladi.

Tamaki va alkogol mahsulotlariga nisbatan yangi soliq stavkalari belgilanadi.

Jumladan, filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kreteklar:

– import qilinganda – 360 000 so‘m/1000 dona + 10 foiz (ilgari 400 000 so‘m/1000 dona + 10 foiz edi);

– ishlab chiqariladigan – 2022-yil 1-yanvardan: 185 000 so‘m/1000 dona + 10 foiz, 2022-yil 1-iyundan: 203 500 so‘m/1000 dona + 10 foiz (ilgari 2021-yil 1-oktyabrdan: 185 000 so‘m/1000 dona + 10 foiz edi).

Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari uchun:

– import qilinganda 45 000 so‘m/1 litr uchun (ilgari 50 000 so‘m/1 litr uchun);

– ishlab chiqarilganda (1 dal tayyor mahsulot uchun) 2022-yil 1-yanvardan 125 100 so‘m, 2022-yil 1-iyundan 138 000 so‘m (ilgari 2021-yil 1-oktyabrdan 125 100 so‘m).

Mobil aloqa xizmatlari va shakar uchun aksiz solig‘i o‘zgartirishsiz qoldirildi (15 va 20 foiz).

Soliq imtiyozlarida quyidagilar soliqqa tortilmasligi belgilandi:

– soliq to‘lovchining professional va oliy taʼlim muassasalarida o‘qish uchun banklardan olingan taʼlim kreditlariga yo‘naltirilgan daromadlari, ish haqi;

– talabalarga ijaraga berilgan uy-joylardan olingan daromad;

soliq to‘lovchining quyidagilarni to‘lash uchun yo‘naltiriladigan, BHMning 8 baravarigacha bo‘lgan ish haqi summalari va boshqa daromadlari:

– xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallari;

– qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga to‘lovlar.

 


Bu ham qiziq

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!