$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

YеTTB va Oʻzbekiston oʻrtasida bugun 4,5 mlrd AQSh dollari miqdorida kelishuvlar imzolandi

16:19 / 17.05.2023

Yеvropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining 32-yillik yigʻilishining 2-kunida bir qator hujjatlarni imzolash boʻyicha marosimlar boʻlib oʻtmoqda.

Biznes forumning ikkinchi kunida, hozircha jami 4,5 mlrd AQSh dollarlik hujjatlar imzolandi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston hukumati va YeTTB oʻrtasida Samarqand shahrida elektrobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyish uchun 49 million AQSh dollarigacha miqdorda suveren kredit ajratish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi va TAQA Energetika kompaniyasi oʻrtasida umumiy quvvati 1 600 MVt.gacha boʻlgan kombinatsiyalashgan gaz-turbinali uskunani oʻrnatish loyihasini amalga oshirish boʻyicha esa 1,2 milliard AQSh dollarlik kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi va “Masdar” kompaniyasi oʻrtasida 2,6 milliard AQSh dollari miqdorida quvvati 2 150 MVt va 500 MVt boʻlgan foto va shamol elektr stansiyalari loyihalarini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha bitim imzolandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi oʻrtasida Toshkent shahrida elektr energiyasini taqsimlash loyihasi boʻyicha 300 million AQSh dollarlik moliyaviy va konsalting xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida hujjat imzolandi.

Bundan tashqari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati va Fransiyaning “Suez” kompaniyasi oʻrtasida Surxondaryo viloyatida suv taʼminoti tizimini yaxshilash boʻyicha umumiy qiymati 500 million AQSh dollarilik loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va ACWA Power kompaniyasi oʻrtasida “Yashil vodorod” loyihasini rivojlantirish boʻyicha umumiy qiymati 88 million AQSh dollarlik investitsiya shartnomasi imzolandi.


Bu ham qiziq

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!