$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Yil yakuniga qadar aholi isteʼmolchilariga qoʻshimcha ravishda 150 ming tonna koʻmir yetkazib beriladi — Vazirlik

21:53 / 25.11.2021

“Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika byudjet tashkilotlariga 450 ming tonna, aholi isteʼmolchilari uchun 705 ming tonna mahalliy koʻmir yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.

Ushbu rejalarni toʻlaqonli bajarish uchun kon ustini ochish va koʻmir qazib olish hajmlari tobora oshirilmoqda.

Keltirilishicha, joriy yilning 9 oyi yakunlariga koʻra, kon ustini ochish ishlari 22,4 mln. kubometrni tashkil etgan yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga oshgan.

Toʻqqiz oyda koʻmir qazib chiqarish 3,4 mln. tonnaga teng boʻlgan. Yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarni tashkil etgan. Natijada respublika byudjet tashkilotlarini kuz-qish mavsumi uchun koʻmir bilan taʼminlash rejasi 16 avgust kuni muddatidan avval bajarilgan.

23-noyabr holatiga respublika aholisiga 714,7 ming tonna mahalliy koʻmir mahsulotlari tarqatilib, bu boradagi tasdiqlangan reja ham ortigʻi bilan uddalangan. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yildagiga nisbatan solishtirilganda, oʻtgan yil shu davrgacha aholiga 461,2 ming tonna koʻmir mahsulotlari yetkazib berilgan.

Taʼkidlanishicha, “Oʻzbekkoʻmir” AJda aholi talabidan kelib chiqib, yil oxirigacha yana 150,0 ming tonna qoʻshimcha ravishda koʻmir mahsulotlari yetkazib berishni rejalashtirilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, koʻmir mahsulotlari “Koʻmir taʼminot” MChJga qarashli 102 ta koʻmir ombori va shahobchalari orqali tarqatilyapti. Ushbu ombor va shahobchalarda 23-noyabr holatiga 18 ming koʻmir zaxirasi mavjud.


Bu ham qiziq

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Kiyevni öqqa tutiş natijasida Podolskiy tumanidagi xususiy uy zarar kördi, ikki kişi yaralangan, dedi şahar hokimi Vitaliy K…
15:53 / 21.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!