$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Yil yakuniga qadar Oʻzbekiston aholisining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 74 foizga yetkaziladi

23:00 / 09.12.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev kommunal xizmatlarni yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash borasidagi ishlar hisoboti bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda Oʻzbekistonda 39 ming 700 taga yaqin koʻp qavatli uylar bor. Ularda yashovchi aholiga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida boshqaruv-servis kompaniyalari tashkil etilmoqda. Joriy yil boshida bunday tashkilotlar 324 ta boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib ularning soni 766 taga yetgan. Shu tariqa, 36 mingdan ziyod yoki 92 foiz koʻp qavatli uylar boshqaruv-servis kompaniyalari bilan qamrab olingan.

Bu yilning oʻzida ular tomonidan qurilish, taʼmirlash, texnika va uskunalar xarid qilishga 262 milliard soʻm investitsiya kiritilgan. Yangi tashkil etilgan kompaniyalarda 14 mingga yaqin ish oʻrni yaratilgan.

Koʻp qavatli uylarning yarmidan koʻpi markazlashgan va individual issiqlik taʼminoti tizimiga ega. Qolganlari muqobil pechlar, elektr isitgichlar yoki boshqa uskunalar yordamida isitiladi.

Ayni vaqtda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tasarrufida 495 ta qozonxona faoliyat yuritmoqda. 2018-2021-yillarda ularning 47 tasi va 78 kilometr issiqlik tarmogʻi rekonstruksiya qilingan. Bu yil Buxoro, Samarqand, Qarshi, Jizzax, Namangan, Asaka kabi shaharlardagi yana 24 ta qozonxona va 182 kilometr tarmoq yangilangan. Natijada 70 ming xonadon va 113 ta ijtimoiy obyekt uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlangan.

2023-yilgi investitsiya dasturi doirasida 3 ta yangi qozonxona qurish, 10 tasini taʼmirlash va issiqlik tarmoqlari tortish rejalashtirilgan.

Aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida joriy yilda 527 ta inshoot hamda qariyb 7 ming kilometr tarmoq barpo etilgan. Yil boshida aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 70 foiz boʻlgan boʻlsa, yil yakunida bu koʻrsatkichni 74 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Mahallalar kesimida aytganda, 9 ming 309 ta mahalladan 3 ming 800 tasi toʻliq, qariyb 4 mingtasi qisman markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Qolgan qishloqlarga suvni transportda yetkazish, shu bilan birga, imkoni bor joylarga tarmoq tortish choralari koʻrilayotgani qayd etilgan. Jumladan, 2023 yilda Investitsiya dasturiga asosan 62 ta, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 373 ta obyekt foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Natijada 403 ta mahalladagi 3 milliondan ziyod aholining ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, 181 ta mahallani ilk bor ushbu tarmoqqa ulash nazarda tutilgan.


Bu ham qiziq

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!