$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Zangiota shifoxonasiga murojaat qilayotgan 90-95 foiz bemorlarda o‘pka zararlanishi kuzatilmayapti” – Anvar Husanov

17:56 / 19.01.2022

O‘tgan ikki yil davomida koronavirus infeksiyasining turli shtammlari bilan yuzlashdik. Xususan, kasallikning “delta” va “britancha” mutatsiyalari bemorlarda ancha og‘ir kechgan bo‘lsa, uning yangi turi aksincha biroz yengil o‘tyapti, deyiladi SSV xabarida.

Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov shu haqdagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Ayni paytda muassasamizda koronavirusga chalingan 1300 nafardan ziyod bemor davolanmoqda,  — deydi shifokor. – Afsuski, so‘nggi kunlarda aholi orasida kasallanish holatlari ko‘p kuzatilayotgani bois, 5 yanvardan shifoxonaga murojaat qilayotgan bemorlar soni ham keskin oshdi.

Hozirda muassasamizga o‘rtacha kuniga 300-400 nafar bemor murojaat qilib, shundan 200-300 nafari gospitalizatsiya qilinyapti. Vaholanki, yanvar oyining to‘rtinchi sanasiga qadar kuniga 65-70 ta murojaat bo‘lib, shundan 70 foiz bemor davolanishga yotqizilgan.

Bugungi kunda muassasamizga murojaat qilayotganlarning aksariyati yengil darajadagi bemorlarni tashkil qilmoqda. Ularda kasallik asosan:
- isitma;
- bo‘g‘imlarda og‘riq;
- bosh og‘rig‘i;
- holsizlik kabi oddiy respirator belgilar bilangina namoyon bo‘lyapti.

Qolaversa, 5-yanvardan boshlab shifoxonaga kelayotgan 90-95 foiz bemorda saturatsiyaning pasayishi va o‘pkaning zararlanishi kuzatilmayapti. Virusning jiddiy asoratlar bilan kechishi nisbatan kam. O‘pkada zararlanish deyarli kuzatilmayapti.

Davolanish muddati esa qisqarib, o‘rtacha 5 kunni tashkil qilmoqda. Eng muhimi, og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolashda ishlatiladigan virusga qarshi remdesivir va boshqa dori vositalariga bo‘lgan ehtiyoj kamaydi.

Natijada bugungi kunda 190 o‘ringa mo‘ljallangan jonlantirish bo‘limida davolanayotgan bemorlar soni sezilarli darajada qisqardi. Vaholanki, “delta” shtammi avj olgan o‘tgan yil yoz oylarida reanimatsion bo‘limlarda bemorlar soni ancha ko‘p edi.

Shunday ekan, yurtdoshlarimizdan ortiqcha sarosimaga berilmasliklarini, zarurat bo‘lmaganda yuqumli kasalliklarni davolash muassasalariga bormasliklarini, agar o‘zlarida kasallik belgilarini sezsa, darhol oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga, poytaxtimiz aholisi esa Toshkent shahrining 12 ta tumanida tashkil etilgan maxsus poliklinikalarga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Eng muhimi, bevosita koronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan amaliyotchi shifokor sifatida barchani kasallikka qarshi emlanishga, agar vaksina olgan bo‘lsa, buster dozalarini olishga chaqirib qolaman, – deydi shifokor. 


Bu ham qiziq

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!