$
12482.38 UZS
69.4
155.23 UZS
0.95
14540.72 UZS
154.08
32° Kechasi 17°

Zangiotada o‘gay ona 13 yoshli qizga zo‘ravonlik qilib kelgani aniqlandi

10:17 / 26.12.2023

Toshkent viloyati Zangiota tumanida 13 yoshli qizga o‘gay onasi tomonidan muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bolalar ombudsmaniga jamoatchilik faollaridan Zangiota tumanidagi 13 yoshli S.R. (qiz)ga nisbatan uning o‘gay onasi tomonidan muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilinayotgani yuzasidan murojaat va videomaterial kelib tushdi.

Holat ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilganda, videoda 2010-yilda tug‘ilgan S.R.ga otasi S.S.ning turmush o‘rtog‘i S.Sh. tomonidan zo‘ravonlik qilinganligi holati ekanligi aniqlangan.

Bu fakt yuzasidan S.S. ham tuman IIBga murojaat qilib, turmush o‘rtog‘iga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Dastlab voyaga yetmagan S.R. sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilib, tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Qizcha bilan yakka tartibda psixolog suhbati o‘tkazildi va hozirda bolaga ruhiy zo‘ravonlik yetkazilganligini va uning darajasini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan.

Qaramog‘ida bo‘lgan bolaga zo‘ravonlik qilganligi aytilayotgan S.Sh.ning ruhiy holatiga ham huquqiy baho berish uchun ekspertiza tayinlangan.

Mazkur fakt bo‘yicha olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv Zangiota tumani prokuraturasi nazoratida.


Bu ham qiziq

Misrda yo‘lovchi poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Misrda yo‘lovchi poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
11:05 / 31.08.2025
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishi mumkin

Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishi mumkin

Axios xabariga ko‘ra, Oq uy yuqori lavozimli amaldorlaridan biri Tramp ikki tomon — Rossiya yoki Ukraina — vaziyatni o‘zgart…
17:16 / 31.08.2025
2025-yilda O‘zbekiston aholisi o‘zining mablag‘lari hisobidan 17 trillion so‘mdan ortiqroq sarmoya kiritgan

2025-yilda O‘zbekiston aholisi o‘zining mablag‘lari hisobidan 17 trillion so‘mdan ortiqroq sarmoya kiritgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,3 foizga oshgan
22:29 / 30.08.2025
Indoneziya prezidenti namoyishchilar talablarini qabul qildi

Indoneziya prezidenti namoyishchilar talablarini qabul qildi

Prezident Indoneziyada noroziliklarning dastlabki manbai bo‘lgan parlament a’zolariga beriladigan nafaqalar bekor qilinishin…
16:43 / 31.08.2025
“Openbyudjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi

“Openbyudjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2 332 ta loyiha g‘olib deb topilgan.
09:28 / 01.09.2025
1-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
23:14 / 31.08.2025
Ertadan maktab direktorlarining oyligi 20 foizga oshiriladi

Ertadan maktab direktorlarining oyligi 20 foizga oshiriladi

Bu Prezidentning tegishli farmoni asosida amalga oshiriladi
22:05 / 31.08.2025
Jizzaxda 4,6 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlagan ohak sexi aniqlandi

Jizzaxda 4,6 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlagan ohak sexi aniqlandi

Yig‘ilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
14:29 / 31.08.2025
Afg‘onistonda yuz bergan zilzilada 250 dan ortiq inson halok bo‘ldi

Afg‘onistonda yuz bergan zilzilada 250 dan ortiq inson halok bo‘ldi

“Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 6 magnitudali zilzila oqibatida kamida 250 kishi halok bo‘ldi va 500 dan ortiq kishi jarohat ol…
10:16 / 01.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!