$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi

19:35 / 19.01.2022

Prezident tomonidan respublikaning 4 ta viloyatida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha qarorlari imzolandi. Ushbu qarorlarga asosan 2023-yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1 096,6 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. Bu haqida Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Birinchi qaror. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 14-yanvarda “Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida quvvati 456,6 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori imzolandi.

2023-yilning dekabr oyiga qadar Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 456,6 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Ikkinchi qaror. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 14-yanvarda “Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori imzolandi.

2023-yil oktyabr oyiga qadar Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Uchinchi qaror. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 14 yanvarda “Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori imzolandi.

2023-yil oktyabr oyiga qadar Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

To‘rtinchi qaror. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 14-yanvardagi “Navoiy viloyati Nurota tumanida quvvati 200 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori imzolandi.

2023-yilning noyabr oyiga qadar Navoiy viloyatining Nurota tumanida Niderlandiyaning “Phanes Energy Holding III B.V.” kompaniyasi tomonidan quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.


Bu ham qiziq

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!