21-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.
Ikki kun davom etadigan ushbu anjuman 100 dan ortiq davlat vakillarini bir maydonga jamlaydi. Jumladan, BMT, JSST, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologiya maktabi va boshqa xalqaro tashkilot vakillari, qator davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, shuningdek, olimlar, mutaxassislar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etadi.
Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!