$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

14:49 / 24.10.2026

Samarqandda o‘tkazilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti doirasida AQSHning “St. Jude” bolalar ilmiy-tadqiqot shifoxonasi vitse-prezidenti, “St. Jude Global” direktori Karlos Rodriges-Galindo og‘ir va hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Global tarmoq tuzilganini e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva tarmoqqa ikki yil muddatga rahbarlik qiladi.

Birinchi xonimlarni birlashtiradigan xalqaro tarmoq

Global tarmoqning o‘ziga xos jihati — u turli mamlakatlarning Birinchi xonimlari va davlat rahbarlarining turmush o‘rtoqlarini bolalar salomatligi masalasida birlashtiradi.

Platforma doirasida mamlakatlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba va axborot almashish, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tashabbuslarni ilgari surish ko‘zda tutilgan.

Biroq Global tarmoqning vazifasi faqat sohaviy hamkorlik bilan cheklanmaydi. Birinchi xonimlar ishtirokidagi format bolalar onkologiyasi va boshqa og‘ir kasalliklar bilan bog‘liq masalalarga yuqori darajada xalqaro e’tibor qaratish imkonini beradi.

Shu ma’noda, Global tarmoq bolalarning sifatli tibbiy yordam olishi, qo‘llab-quvvatlanishi, o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalarini ham xalqaro hamkorlik kun tartibiga olib chiqadi.

Ziroat Mirziyoyevaning raisligi — erishilgan natijalar e’tirofi

Bu qaror O‘zbekistonda bolalar onkologiyasi sohasida erishilgan natijalarning xalqaro e’tirofi bo‘ldi. Buning ortida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sohada amalga oshirilgan tizimli islohotlar — ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirish, zamonaviy diagnostika va davolash imkoniyatlarini kengaytirish hamda bolalarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash borasidagi tub o‘zgarishlar turibdi.

Shuningdek, Ziroat Mirziyoyevaning saratonga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy yordamdan foydalanishini ta’minlash, hayotiy holatidan qat’i nazar, har bir bolaning o‘sishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratishdagi faol va yetakchi roli alohida qayd etilgan.

Birinchi xonimning raislikka kirishish marosimi Bolalar onkologiyasi bo‘yicha xalqaro kongress doirasida o‘tkazildi.

Global tarmoqning keyingi qadami qanday bo‘ladi?

Global tarmoq faoliyati Samarqanddagi Jahon sammiti bilan cheklanib qolmaydi. Boshqa mamlakatlarning Birinchi xonimlari ham unga qo‘shilish va tarmoq rivojiga amaliy harakatlar bilan hissa qo‘shishga taklif qilinmoqda.

Global tarmoqning navbatdagi yig‘ilishini 2027 yil may oyida Jenevada Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi doirasida yoki 2027 yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ziroat Mirziyoyeva rahbarlik qiladigan dastlabki ikki yil Global tarmoqning shakllanishi, unga yangi mamlakatlarni jalb qilish va ular o‘rtasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish nuqtai nazaridan muhim davr bo‘ladi.

Shu tariqa, og‘ir va hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradigan yangi xalqaro hamkorlik maydoni ish boshlamoqda. Unga O‘zbekiston Birinchi xonimining rahbarlik qilishi mamlakatda bolalar onkologiyasi sohasida to‘plangan tajriba va erishilgan natijalarni xalqaro miqyosda ilgari surish uchun yangi imkoniyat yaratadi.


O‘zbekiston


														
														Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva tarmoq…
14:49 / 24.10.2026

														
														30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

19-23-oktyabr kunlari V “Zakovat-Gambit” turnirining hududiy saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil musobaqada ishtirok eti…
14:14 / 24.10.2026

														
														Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Joriy kuz-qish mavsumida mamlakatimizda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan uzluksi…
09:39 / 24.10.2026

														
														"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga bolaning dunyoga kelishidan ancha oldin — bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanib…
15:45 / 23.10.2026

														
														60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026

														
														Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal nafaqat shirinligi, balki foydali xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Uning tarkibida antioksidantlar va organizm uchun…
08:29 / 23.10.2026

														
														Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron 22-oktabr kuni Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri yonib ketgani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Hodisalarga Eron …
23:59 / 22.10.2026

														
														AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Milliy xavfsizlik vazirligiga Meksika chegarasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan issiqlik nuri…
23:56 / 22.10.2026

														
														Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026

														
														O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026

Bu ham qiziq

Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Prezident qarori bilan, ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovga istisno vakolat berildi: u 2027-yil 1-fevralgacha vazir…
15:38 / 21.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatuvchi xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti …
16:02 / 21.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida aniq natijalar bergan alohida yetakchilik …
10:57 / 22.10.2026
Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Joriy kuz-qish mavsumida mamlakatimizda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan uzluksi…
09:39 / 24.10.2026
Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron 22-oktabr kuni Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri yonib ketgani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Hodisalarga Eron …
23:59 / 22.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti …
09:09 / 22.10.2026
Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 2025-yil yanvarida boshlangan ikkinchi prezidentlik muddati davomida 300 mingdan or…
09:23 / 21.10.2026
O‘zbekistonda davlat tili talablariga zid 4,5 mingga yaqin yozuv aniqlandi

O‘zbekistonda davlat tili talablariga zid 4,5 mingga yaqin yozuv aniqlandi

O‘zbekistonda 2026-yil davomida reklama va tashqi yozuvlarning davlat tili talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘tkazilgan moni…
13:37 / 21.10.2026
30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

19-23-oktyabr kunlari V “Zakovat-Gambit” turnirining hududiy saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil musobaqada ishtirok eti…
14:14 / 24.10.2026
AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Milliy xavfsizlik vazirligiga Meksika chegarasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan issiqlik nuri…
23:56 / 22.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!