$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Eng qo‘rqinchli 10ta parazit

07:42 / 02.11.2015

Chivin va boshqa parazitlar orqali yuqadigan dahshatli kasalliklar haqida hamma eshitgan, lekin bu parazitlar ayni damda ham tanamizda bo‘lishi mumkinligini xayolimizga keltirmaymiz. Parazitlar, qurtlar va qo‘ng‘izlar inson tanasi ichida bemalol izg‘ib yuradigan mavjudotlardir. Eng qo‘rqinchlisi, ular inson tanasida yillab yashashi va o‘nlab yillarmobaynida ham bu haqda insonning o‘zi bilmasligi mumkin.

1.Negleriya Foulera. Zombi — inson miyasi bilan oziqlanadigan mavjudot. Negleriya Foulera o‘zini xuddi ana shunday tutadi, u inson miyasini yeydi va asab tizimini ishdan chiqaradi. Bu parazit borligini bildiruvchi belgilar sifatida bosh og‘rig‘i, qo‘ngil aynishi va qusishni keltirish mumkin. Bu juda kam uchraydigan parazit bo‘lib, dunyo bo‘yicha atigi mingga yaqin kishining ushbu parazitni yuqtirib olganligi holati mavjud. Parazitni iliq suv havzalarila yuqtirib olish mumkin, shuning uchun bunday joylarda cho‘milganda ehtiyot bo‘ling.

2. Filyariya onxotserkoz — bu qurt insonda ko‘rlikni keltirib chiqaradi. O‘ta iflos joylarda yuqtirib olish mumkin. Parazit insonning ko‘z shox pardasini ishdan chiqaradi. Inson immuniteti parazitni aniqlash xususiyatiga ega emas, shuning uchun ko‘r bo‘lib qolishi aniq.

3. Filyariya Bankrofta. Elefantiaz. Bu parazitni ko‘pincha fil deb atashadi, lekin uni ulkanligi uchun emas, balki u insonning tashqi ko‘rinishini judayam badbashara qilib yuborgani uchun shunday atashadi. Filyariya inson organizmiga tushgach, o‘zini boshqa parazitlardek tutadi. Bir yildan so‘ng qurt kattalashadi va organizmdan suyuqlik chiqib ketishini nazorat qiluvchi limfa tizimiga tushadi. Qurtlar suyuqlik yo‘llarini to‘sib qo‘ygach, suyuqlik tanada to‘plana boshlaydi va inson qo‘l-oyoqlari xuddi filniki kabi yo‘g‘onlashib shishib ketadi. 

4. Loa loa hasharotlar chaqqanda inson organizmiga tushadigan parazit. Lichinka hasharot chaqqan joyda bir oz yashaydi. Vaqti kelib u kattalashadi va inson ko‘ziga yetib boradi. Odam hatto uning ko‘z ichida harakatlanayotganini his qiladi. Bu qurt inson tanasida 17 yilgacha yashashi mumkin.

5. Parazit so‘na inson tanasiga tuxum qo‘yadi. Bu tuxumdan minglab lichinkalar chiqadi. Lichinka o‘sishi uchun atrofidagi narsa bilan, ya'ni inson eti bilan oziqlanadi. Oqibatda terida teshik paydo bo‘ladi, odam terisi ostida lichinka qanday harakatlanayotganini sezib turadi. Parazitni chiqarib yuborish uchun jarroh yordami kerak bo‘ladi.

6. Rishta. Inson tozalanmagan suv havzasida cho‘milayotganida suv burgasini yutib yuborishi mumkin. Bu burgalar iflos suvlarni yoqtiradi va o‘z qurbonini shunday havzalarda kutadi. Burga oshqozonga tushganida oshqozon shirasi burgani o‘ldiradi, lekin uning ichidagi rishta (drakunkulez) qoladi. Bir yildan so‘ng uning uzunligi 60-90 santimetrga yetadi. Inson tanasi uning uchun kichiklik qiladi va u tashqariga chiqishga intiladi. Tana qizib, inson og‘riqdan qutulish uchun o‘zini sovuq suvga tashlagisi keladi. Bu parazitga esa aynan shu kerak! U suvga minglab lichinkalarini tashlaydi, o‘zi esa tanada qoladi.

7. Oddiy vandelliya — vampir-baliqcha. Kattalar doimo daryo yoki hovuzda cho‘milayotganda suv ichiga siymaslikni ta'kidlab kelishadi. Oddiy vandelliya haqida o‘qiganlar endi bu nasihatga albatta amal qilishadi. Amazonkada yashovchi bu baliqcha siyish vaqtida siydik pufagiga kirib oladi. Organizmda u qon va et bilan oziqlanib, insonni kuchli og‘riqqa duchor qiladi.

 

8. Askarida, halqasimon qurt inson tanasida uzunligi 30 santimetrgacha yetishi mumkin. Uning inson tanasi ichida borligi bilinmaydi, faqat juda ko‘payib ketganidan keyingina bilish mumkin. Agar tanada bu qurtlar ko‘payib ketsa, bosh og‘rig‘i, isitma ko‘tarilishi, ich ketishi kuzatiladi. Askarida ko‘pincha bolalarda uchraydi, chunki ular kattalarga nisbatan qo‘llarini kam yuvishadi.   

9. Qichishqoq. Qichishqoq kanasi terini qichishtiradi va terida qizil dog‘lar paydo qiladi. Bu mitti parazit egasining terisi ostida yo‘l ochadi va ko‘payadi, u qon bilan oziqlanadi. Kanalar terining har qanday joyiga tushishi mumkin, lekin ko‘pincha bilakning tashqi tomonida, barmoqlar orasida, qo‘ltiq va oyoqlar orasida uchraydi.

10. Lentali qurt — eng qo‘rqinchli parazit deyish mumkin. U inson miyasiga o‘rnashib oladi va 20 yil davomida yashaydi. Bu davrda turli simptomlar paydo bo‘lishi mumkin, lekin hech kim ularni bu parazitning faoliyati bilan bog‘lamaydi. U voyaga yetgach, egasini o‘ldirishga harakat qiladi. Bu parazitni iflos suv va go‘sht iste'mol qilganda yuqtirib olish mumkin.


Bu ham qiziq

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
Isroil Suriya janubiga zarba berdi

Isroil Suriya janubiga zarba berdi

BBC xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Suriyaning, asosan, druzlar istiqomat qiladigan hududlarida badaviy qabilalar hamda mah…
12:58 / 16.07.2025
Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Ikki mamlakat ham o‘zining harbiy xarajatlari muhimroq deb hisoblaydi
21:35 / 16.07.2025
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Bu safargi cheklovlar asosan neft va neft mahsulotlariga nisbatan bo‘ladi
22:08 / 16.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, gruzinlar hukumati ma’lum shartlarni bajarishi lozim
18:37 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!