XABARDOR.UZ: "Mercedes-Benz”ning Rossiyadagi ofisi yangi kemper "V-Class Marco Polo” uchun buyurtmalar qabul qila boshladi. Mavjud versiyaning narxi 3 329 017 rubldan boshlanadi.
Rossiyadagi yangi “Mercedes-Benz V-Class Marco Polo” avtomobili uch turbodizelli 136, 163 va 190 ot kuchiga ega "to‘rttalik" motor bilan ta'minlangan. Avtomatik transmissiya faqatgina 190 quvvatli motorga ega “BlueTec”ga xos bo‘lib, qolganlari esa mexanik uzatma qutisiga ega.
Interer “chinni rang”da chiqarilgan. Unga qo‘shimcha ravishda qora rang ham kiritilgan. O‘rindiqlar bezagi uchun “Santiago”ning kulrang va qora matoli yoki “Lugano”ning qora charmli qoplamalarini tanlash imkoni mavjud. Pol standart uskunalarda mustahkam qotirilgan bo‘lib, xuddi yaxtalardagi kabi tozalashga qulay. Bundan tashqari uning rangini salon rangiga hamohang tarzda tanlash ham mumkin.
Oshxona buyumlari harakatlanuvchi stoldagi yig‘ma qutida turadi. Bundan tashqari oshxona buyumlariga ikkita gaz gorelkasi, rakovina va muzlatgich, zarbaga chidamli oynalar kiradi. Salonning orqa bo‘limida sudraluvchi kiyim javoni, kiyim ilgich va nur qaytaruvchi ko‘zgular joylashtirilgan.
Yotish o‘rni yig‘iladigan divan va tomga ko‘tariladigan o‘rindan iborat.
U so‘nggi uslubdagi shisha aralashmali polimerdan va suvga chidamli o‘ta mustahkam charm materiallardan ishlangan.
Eslatib o‘tamiz, “Marco Polo”ning “Vito” kemper versiyasi – “Mercedes-Benz Vito Marco Polo Activity” ham mavjud. Avtomobil tom osti yotish o‘rniga ega bo‘lib, ammo o‘rnatilgan oshxonaga ega emas.
Yaqinda Mersedes Rossiyaga “V-Class”ning eng qulay versiyalarini olib kiradi. Avtomobil 136 quvvatli dizel dvigatelga ega bo‘lib, 2 530 000 rubl qiymatga baholanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!