$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Kun tarixi: AQShdagi egizak binolar portlaganiga 18 yil bo‘ldi

13:37 / 11.09.2019

Bugun AQShda Vatanparvarlik va ibodatlar kuni. Bundan 18 yil avval sodir bo‘lgan mudhish (2001-yil 11-sentyabr) voqealariga bag‘ishlangan bu kunda butun mamlakat bo‘ylab mahalliy hukumat, universitet, maktab, jamoatchilik uyushmalari tomonidan tashkil qilingan xotirlash marosimlari, motam tadbirlari va xotira konsertlari bo‘lib o‘tadi. Federal binolarning barchasida shu kuni davlat bayroqlari tushiriladi.

Картинки по запросу AQShdagi egizak minoralar

Daxshatli fojea American Airlines va United Airlines aviakompaniyalariga tegishli bo‘lgan 4 ta samolyot yordamida amalga oshirilgan edi. 19 nafar terrorchi samolyotlarni garovga olib, Amerikadagi muhim strategik obyektlarga, jumladan, 2 ta Boeing 767 yo‘lovchi samolyoti Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining 110 qavatli egizak binolariga, 1 ta Boeing 757 samolyoti Vashingtondagi AQSh mudofaa vazirligi binosiga, yana bir Boeing 757 samolyoti esa Pitsburg shahridan 80 mil nariga borib tushgan. 

Похожее изображение

O‘sha 19 nafar terrorchining shaxsi aniqlandi. Ular Misr, Saudiya Arabistoni, BAA va Livan fuqarolari bo‘lib chiqishdi Mazkur shaxslar “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotiga aloqador bo‘lib, AQShda qonuniy ravishda yashagan, ularning ba’zilari esa Amerika uchuvchilik maktablarida ta’lim olgan. Oradan 10 yil o‘tib, ularga boshchilik qilgan “birinchi raqamli xalqaro terrorchi” Usoma ben Laden 2011-yil 2-mayga o‘tar kechasi Abbotobod shahri (Pokiston)da AQSh maxsus xizmatlari amalga oshirgan harbiy operatsiya natijasida o‘ldirilgan.

Ajablanarlisi, fojeadan 5 yil o‘tib, 75 nafar Amerika olimlari 11-sentyabr haqidagi haqiqat yashirilganini ta’kidlashdi. Ushbu fikrni ilgari surayotgan olimlar yetakchisi Yuta universiteti fizigi, professor Stiven Jons Savdo markazi qoldiqlarini o‘rganib chiqib, binoni qulatish uchun portlovchi moslamadan foydalanilgan, degan xulosaga kelgan.

Картинки по запросу AQShdagi egizak minoralar

“Hurriyat” gazetasining Amerika fojeasiga bag‘ishlab chiqarilgan maqolasida terror uyishtirilganligi haqida olimlarning taxminlari keltirib o‘tilgan. 
Professor Jonsning fikricha, ikkita samolyotdan chiqqan aviayonilg‘i shunday ulkan konstruktsiyani yer bilan yakson qilish quvvatiga ega emas. Uning taxminiga ko‘ra, ikkala minoraning ham strategik nuqtalariga portlovchi uskunalar o‘rnatilgan va moslamalar samolyotlar kelib urilgan paytda harakatga keltirilgan.

Professor Jons va uning hammaslaklari fikricha, Amerika ma’muriyatidagi neokonservatorlar guruhi teraktlar haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lgan va minoralar portlashiga yo‘l qo‘yib berishga Markaziy razvedka boshqarmasini ko‘ndirgan. 

Картинки по запросу AQShdagi egizak minoralar

O‘sha vaqtlarda razvedka boshlig‘i Jorj Tenet edi. Ammo uning fojeada aybi borligi hech qachon isbotlanmagan. Biroq 2004-yili u lavozimidan o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqadi. O‘sha vaqtdagi AQSh prezidenti Jorj Bushning so‘zlariga ko‘ra, Tenetning iste'fosi “shaxsiy sabablarga ko‘ra” yuzaga kelgan. AQSh rahbari bu qadamning boshqa tafsilotlari haqida ma’lumot bermagan. Jorj Tenetni 2004-yil 14-dekabrda AQSh prezidenti “Ozodlik” medali bilan mukofotlagan. 

Dmitriy Gromov "Корреспондент" jurnalining 2015-yil 27-fevraldagi 8-sonida yozishicha, Nyu-Yorkdagi Jahon Savdo Markazining (WTC) janubiy minorasidan ijaraga ofis olgan “FiduciaryTrustInc” kompaniyasi xodimi Skott Forbes 2001-yil sentyabr oyi boshida ishga kelganida g‘alati hodisalarni kuzatgan. 

U minoraning 97-qavatida har kuni ertalab deraza oynalarida, batareyalarda va boshqa joylarda kulrangli ko‘p miqdordagi changlarni ko‘rgan. Taxminan to‘rt hafta oldin Forbes tepadan kelayotgan daxshatli shovqinlarni eshitgan. G‘ildirakli bir nima harakatlangan, kuchli zarb bilan yerga qo‘yilgan. U yerda nima bo‘layotganini bilishga qiziqib tepaga chiqqanida esa faqat bo‘m-bo‘sh xonalarni ko‘rgan.

Похожее изображение

8-9-sentyabrdagi dam olish kunlari pastki qavatlardan tashqari deyarli butun bino elektr tokidan uzib qo‘yilgan. Bu xodimlarga yangi internet kabellarini o‘rnatish uchun qilinayotganligi tushuntirilgan. O‘sha kunlarda “FiduciaryTrustInc” kompaniyasining katta ma'lumotlar bazasi ma'muri Forbes kompyuterlarni to‘g‘ri o‘chirib-yoqish uchun ishdan tashqari vaqtda ham ishlashga majbur bo‘lgan.

11-sentyabr, seshanba kuni Forbesning qonuniy dam olish kuni bo‘lgan. Ertalab minoraga qaraganida 15-qavatdagi deraza oldida yana ko‘p miqdordagi changni ko‘rgan va daxshatga tushgan. 

Biroq Forbesning kuzatuvlari Nyu-Yorkdagi 11-sentyabr voqealarining yuzlab guvohlari kabi hujum sabablarining rasmiy tergov bayonnomasiga kiritilmagan. 

Butun dunyoni larzaga solgan voqeaning qanday sodir etilgani borasida yana ko‘plab turli qarashlar mavjud. U qanday amalga oshirilgan bo‘lmasin, insoniyat tarixda sira ketmas dog‘ bo‘lib qoldi. Endi butun dunyo aholisi bu kabi daxshatlar qayta yuz bermasdan hamisha tinch-totuv hayot kechirish umidida yashamoqda. 

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, hozirda AQShda “11-sentyabr” muzeyi tashkil etilgan. U yerdagi eksponatlarni ko‘rib, terrorning qay darajada daxshatli bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin. 

👉 batafsil: http://xabardor.uz/nyu-yorkdagi-11-sentyabr-muzeyi-haqida-bilasizmi

 

Nozima Rahmatova tayyorladi


Bu ham qiziq

Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

2025-yilda buxgalterlar ko‘rsatgan xizmatlar narxi 1 milliard so‘mdan oshgan
21:19 / 17.07.2025
Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yo‘lovchi tashish bo‘yicha haftasiga 46 ta muntazam aviaqatnov…
11:31 / 17.07.2025
“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:23 / 17.07.2025
“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

UzAuto Motors” AJning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini tij…
15:08 / 17.07.2025
Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Siyosatchi Gaaga shahridagi xalqaro anjumanda bu masalaga to‘xtalib o‘tdi
20:36 / 17.07.2025
Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, gruzinlar hukumati ma’lum shartlarni bajarishi lozim
18:37 / 16.07.2025
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Bu safargi cheklovlar asosan neft va neft mahsulotlariga nisbatan bo‘ladi
22:08 / 16.07.2025
Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025
Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Gap sovet davridagi yodgorlik haqida ketmoqda
22:29 / 17.07.2025
Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.
10:51 / 17.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!