$
12190.43 UZS
49.05
162.09 UZS
1.83
14362.76 UZS
49.29
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Jan-Klod Van Damm 59 yoshda. Pitsa tashuvchilikdan mashhurlikkacha…

13:02 / 18.10.2019

Dunyoga mashhur sportchi, taniqli aktyor bugun 59 yoshni qarshi oldi. Jan-Klod Vandam 1960-yilning 18-oktabrida Belgiyaning Bryussel shahrida tavallud topgan. To‘liq ismi Jan-Klod Kamil Fransua Van Varenberg.

 U nafaqat aktyor, balki rejissyor, ssenarist, bastakor va montaj ustasi sifatida ham faoliyat yuritgan, 50ga yaqin film, ko‘plab klip va reklama roliklarida suratga tushgan. 

Xo‘sh, bunday muvaffaqiyatga u qanday erishgan?

Jan-Klod Van Damm o‘z iste’dodini butun dunyoga namoyish qilish uchun 80-yillarning boshlarida Gollivudga keladi. U tezlik bilan ingliz tilini o‘rganishga harakat qiladi. O‘sha paytlarda u tirikchilik uchun to‘g‘ri kelgan mayda ishlarni qilishga majbur bo‘lgan. Masalan, pitsa yetkazib beruvchi, taksichi, haydovchi va ofitsiant sifatida ishlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, u xorijiy mamlakatda qolish uchun qo‘lidan kelganini qiladi.
  
Keyinchalik uni taniqli sportchi va aktyor Chak Norris o‘z yonida ishlashga taklif qiladi. Chak Norris aktyorning jismoniy imkoniyatlarini sezib, uni “Yo‘qolgan” filmida suratga tushishga taklif etadi. Bu film o‘zga davlatdan kelgan musofirga butun dunyo taniydigan Jan-Klod Van Damm bo‘lishida “oltin kalit” vazifasini o‘tadi. 

 Van-Damm’ning baletga nima aloqasi bor?

Hayron qolishingiz aniq. Ammo Van Damm 16 yoshidan boshlab, naq 5 yil davomida balet maktabida o‘qigan. Uning janglardagi o‘zgacha plastikasida aynan shu mashg‘ulotlar katta rol o‘ynagan. “Balet – bu san’at, lekin shu bilan birga eng qiyin sport turlaridan biridir. Balet mashqlariga bardosh bera olgan odam boshqa har qanday sport turi bilan shug‘ullanishga o‘zida kuch topa oladi. 

 Van Damm va multfilm

Buni qarangki, aktyor ingliz tilini kuniga bir soatdan multfilm tomosha qilib o‘rgangan ekan. Bu u biladigan yagona til emas. Van Damm fransuz, ispan va nemis tillarida ham so‘zlasha oladi.

Bryussel shahrida unga atab haykal qo‘yilganida u: “Odamlar haykal yonidan o‘tganlarida, nafaqat Jan-Klod Van Dammni, balki o‘ziga ishongan oddiy odamni ko‘rishlarini xohlayman”, degandi. Bundan tashqari, unga o‘z yurti hukumati “Belgiyaning bodibilder janobi” unvonini ham bergan. 

Jean-Claude Van Damme

“Universal askar”, “Vaqtni qo‘riqlash”, “Kikbokschi”, “Juft zarba” filmlari Van Damni butun dunyoga tanitgan eng sara filmlar hisoblanadi. 

Bugungi kunda ham jahon yulduzi hamon sport bilan shug‘ullanib, ortiqcha vazn yig‘maslikka harakat qiladi. Qolaversa, uni hozirgi kunda ham turli reklama va kliplarda suratga tushishga taklif qilishadi. U juda qimmat aktyorlar sirasiga kiradi. 

Nozima Rahmatova tayyorladi


Bu ham qiziq

Qonundan ustun bo‘lishga uringan inspektor DXX tomonidan qo‘lga olindi

Qonundan ustun bo‘lishga uringan inspektor DXX tomonidan qo‘lga olindi

Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy boylik orttirish maqsadida xizmat mavqeini suiiste’mol qilish – jamiyat va davlat bos…
14:29 / 13.04.2026
Qozog‘istonda SpaceX mobil aloqasi qachon ishga tushadi?

Qozog‘istonda SpaceX mobil aloqasi qachon ishga tushadi?

Bosh vazir o‘rinbosari-sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyev deputatlik so‘roviga javoban shunday de…
17:26 / 14.04.2026
Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

14-aprel kuni Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” bekatidan yo‘lga chiqqan poyezdning uchinchi vagoni eshigi to‘liq yopilm…
12:35 / 15.04.2026
Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi

Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi

Bu haqda, Aziz Obidov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
12:02 / 14.04.2026
“World Content Market”da ilk bor O‘zbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi

“World Content Market”da ilk bor O‘zbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi

Media va raqamli kontent sohasidagi nufuzli xalqaro tadbir – “World Content Market” o‘z ishini boshladi.
17:49 / 14.04.2026
“Biz do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarga tabriklar yubormaymiz” – Peskov

“Biz do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarga tabriklar yubormaymiz” – Peskov

Kreml “Tisa” partiyasi yetakchisi Peter Magyarni Vengriya parlament saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabriklamaydi
17:32 / 13.04.2026
Eron beshta arab davlatidan kompensatsiya talab qildi

Eron beshta arab davlatidan kompensatsiya talab qildi

Eron Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Iordaniyadan AQSh-Isroil operatsiyasidagi roli uchun kompensatsiya talab qil…
10:16 / 14.04.2026
Dono Boboxonova vafot etdi

Dono Boboxonova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktrisa Dono Boboxonova 80 yoshida vafot etdi. U milliy sahna san’ati rivoji…
15:16 / 15.04.2026
Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko tashrif bilan O‘zbekist…
10:29 / 15.04.2026
Budjetga 550 milliard so‘m qo‘shimcha tushum boy berilgan

Budjetga 550 milliard so‘m qo‘shimcha tushum boy berilgan

Bosh rejasi yo‘q degan bahona bilan 2025-yilda yerni xususiylashtirish bo‘yicha 112 ming arizaning 14 foizi rad etilgan.
17:08 / 14.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!