Inson tabiatning shoh asaridir. U tirnog‘idan tortib sochining uchigacha mo‘jizalar manbayi. Biz o‘zimizni tanamiz haqida xuddi hamma narsani biladigandek tutamiz. Aslida, juda ko‘p narsalardan bexabarmiz. Mana masalan, tanamizda qon bilan ta’minlanmaydigan a’zo borligini bilasizmi? Yoki bo‘lmasa, bosh miyaning umumiy sig‘iminichi? Bilmasangiz, ushbu maqola bilan tanishib chiqishingiz kerak bo‘ladi.
• Inson tanasida yagona qon bilan ta’minlanmaydigan a’zo bu – ko‘zning shox pardasidir. U kislorodni to‘g‘ridan to‘g‘ri havo orqali oladi.
• Bosh miyaning umumiy sig‘imi 4 terabaytdan yuqori.
• Bola yetti oylikkacha bir vaqtning o‘zida ham yutinib, ham nafas ola oladi.
• Inson bosh miyasi 29 xil suyaklardan iborat.
• Yurak butun umr davomida 182 mln. litr qon siqib chiqaradi. Ayol yuragi erkaknikidan bir necha marta tezroq uradi.
• O‘naqaylar chapaqaylarga qaraganda 9 yilga ko‘proq umr ko‘radi.
• Inson tanasidagi qon-tomirlarning umumiy uzunligi, taxminan, 100 000 km.ni tashkil qiladi.
• Inson qizargan vaqtida uning oshqozoni ham qizarishini bilasizmi?
• Odam tirik jonzotlar orasida chalqanchasiga yotgancha uxlay oladigan yagona jonzot.
• Tish inson tanasidagi o‘z-o‘zidan tiklanmaydigan yagona a’zo.
• Inson uyquga ketishi uchun o‘rtacha 7 daqiqaning o‘zi kifoya.
• O‘naqaylar ovqatning ko‘p qismini jag‘ning o‘ng tomonida, chapaqaylar esa chap tomonida chaynashadi.
• Yer yuzining bor-yo‘g‘i 7 foiz aholisi chapaqaylardan iborat.
• Inson tanasidagi 99 foiz kalsiy moddasi tishlarda joylashgan. Tish emali butun tanadagi eng qattiq to‘qima.
• Lablar barmoq uchidan 100 marta ko‘proq ta’sirchan.
• Qo‘l tirnoqlari oyoqnikiga qaraganda 4 marta tezroq o‘sadi.
• Inson bosh miyasida bir soniyaning o‘zida 100 000 dan ortiq kimyoviy jarayonlar sodir bo‘ladi.
• Inson o‘pkasi to‘qimalarini yoyib chiqilsa, tennis maydonchasi yuzasiga mos keladi.
• Tanamizdagi eng mustahkam mushak bu – til.
• Inson og‘zida, taxminan, 40 000 dan ortiq bakteriya mavjud.
• Odam kulganida 17 000 dan ortiq mushaklar harakatga keladi.
• Samolyotda uchish vaqtida sochlarning o‘sish tezligi ikki martaga tezlashar ekan.
• Odam 24 soatda 4800 ta so‘z gapiradi.
• Ko‘z tug‘ilganda qanday bo‘lsa, o‘lganda ham shunday o‘lchamda qoladi. Burun va quloq esa o‘sishdan to‘xtamaydi.
• Ertalab odamning bo‘yi kechqurungiga qaraganda 8 mm.ga baland bo‘ladi.
• Yo‘tal soatiga 100 km. tezlikda harakatlanuvchi havoning portlash hodisasidir.
• Suyak po‘latdan 5 marta mustahkam.
• Ochiq ko‘zlar bilan aksirib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!