$
12593.77 UZS
90.78
158.49 UZS
2.55
14698.19 UZS
213.48
37° Kechasi 23°

Eksimbank Toshkentda tezyurar avtobus yoʻnalishlarini tashkil etish taklifini bildirdi

12:43 / 26.07.2019

Toshkent shahar hokimligida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Integratsiyalashgan jamoat transporti strategiyasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash” mavzusi muhokama etildi.

Oʻzaro muloqot chogʻida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev poytaxtimiz uchun transport infratuzilmasini takomillashtirish, ushbu yoʻnalishda xizmat koʻrsatishni zamon talablari darajasiga koʻtarish muhimligi va bu borada ilgʻor davlatlar tajribasi oʻrganilganini qayd etdi.

Shuningdek, bu borada Janubiy Koreyaning import va eksport banki mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlar boshlanganligini maʼlum qilib, mazkur uchrashuv birgalikdagi ishlarning amaliy natijalardan biri ekanligini taʼkidladi.

Uchrashuvda Janubiy Koreya delegatsiyasi rahbari Syo Kyushik Oʻzbekiston va Koreya munosabatlari turli sohalarda taraqqiy etib borayotgani, xususan, Toshkent shahar hokimligi bilan Janubiy Koreyaning bir necha shaharlari, korxona va tashkilotlari qoʻshma loyihalarni amalga oshirayotganligini aytib oʻtdi.

Yigʻilishda Janubiy Koreyaning Eksimbanki tomonidan Toshkent shahar transport infratuzilmasi uchun yangi konsepsiya taqdim etildi.

Mazkur konsepsiyada berilgan takliflarda poytaxtimizda jamoat transporti yoʻnalishlarini koʻpaytirish va shu orqali poytaxtimizda shaxsiy avtotransportlar harakatini kamaytirish taklif etilgan. Koreyalik mutaxassislarning ahamiyatli takliflaridan yana biri – tezyurar avtobus yoʻnalishlarini tashkil etish boʻlib, bu shahar ichida bir manzildan ikkinchisiga tez, oson va qulay yetib olishni taʼminlaydi. Qolaversa, konsepsiyada bu tizimdagi xususiy tarmoq ishini rivojlantirish kabi qator ilgʻor tashabbuslar ilgari surilgan boʻlib, endi Toshkent shahar hokimligi va poytaxtimizdagi jamoat transportiga masʼul tashkilotlar bilan birgalikda ushbu takliflarni amaliyotga tatbiq etish masalalari koʻrib chiqiladi.


Bu ham qiziq

9-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:32 / 08.08.2025
SSV soxta tabiblardan ogohlantirdi

SSV soxta tabiblardan ogohlantirdi

So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan xalq tabobatini rivojlantirish, sohani zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimiga izchil int…
10:59 / 08.08.2025
Afrikaning 23 davlatida vabo tarqaldi

Afrikaning 23 davlatida vabo tarqaldi

Kasallik ko‘pincha kambag‘al odamlarga va toza ichimlik suviga ega bo‘lmagan ijtimoiy zaif qatlam vakillariga ta’sir qilishi…
15:18 / 09.08.2025
Uzum nomidan noqonuniy foydalangan restorandan 94 mln so‘m undirildi

Uzum nomidan noqonuniy foydalangan restorandan 94 mln so‘m undirildi

Sud qarori bilan F.T. korxonasidan 75 mln so‘m tovon puli undirilishi belgilangan. Davlat bojlari va boshqa xarajatlar bilan…
17:19 / 09.08.2025
Keniyada avtobus halokati oqibatda 21 kishi vafot etdi

Keniyada avtobus halokati oqibatda 21 kishi vafot etdi

Hodisa yo‘lning aylanma qismiga yuqori tezlikda yaqinlashganda ro‘y bergan.
18:38 / 09.08.2025
10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm …
17:45 / 09.08.2025
Rossiyada soda zavodi portladi

Rossiyada soda zavodi portladi

Hozirda voqea joyida tezkor xizmatlar va prokuratura ish olib borayotgani bildirilgan.
16:28 / 09.08.2025
O‘zbekiston Ozarbayjon–Armaniston tinchlik bitimini olqishladi

O‘zbekiston Ozarbayjon–Armaniston tinchlik bitimini olqishladi

Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Kavkazda tez orada barqaror tinchlik o‘rnatilishiga umid bildirgan.
19:14 / 09.08.2025
O‘zbekiston aholisiga tegishli avtomobillar soni qancha?

O‘zbekiston aholisiga tegishli avtomobillar soni qancha?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 …
14:21 / 09.08.2025
Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi birinchi AES qurilishi boshlandi

Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi birinchi AES qurilishi boshlandi

Qo‘shnilarimiz mazkur loyihani Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda
20:19 / 08.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!