$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Lorens bog‘i: muzliklar, kenguru va qushlarni ko‘rish mumkin bo‘lgan g‘aroyib maskan

17:28 / 30.01.2019

Yangi Gvineya oroli landshaftining xilma-xilligi, hayvonot va o‘simlik olamining boyligi bilan ajralib turadi. Bu yerda barcha narsalar bor: qor bilan qoplangan tog‘ cho‘qqilaridan tortib, sohil bo‘yidagi daraxtzorlargacha. Ana shu betakrorlikni saqlash uchun ham orolning Indoneziya qismida joylashgan Lorens milliy bog‘i yaratilgan.

Lorens milliy bog‘i orolning jami ekotizimini o‘z ichiga olgan 25 056 kv. km maydonni egallagan. Qirg‘oqda daraxtzor va botqoqliklar mavjud bo‘lib, ular turli o‘simliklarga ega ekvatorial o‘rmonlar bilan almashadi. O‘rmonlar dengiz sathidan 700 metr balandlikkacha ko‘tarilgan. 4000 metr balandlikdan boshlab qor bilan qoplangan qoya massivlari bir-biri bilan almashadi.

Lorensning o‘ziga xos jihati sifatida tropiklar uchun haqiqatan ham g‘aroyib obekt sanalgan Maoke tog‘lari va uning baland nuqtasi Punchak-Jaya (ba'zida oddiygina Jaya)ni aytish mumkin. Balandligi 4 884 metr bo‘lgan Punchak-Jaya tog‘ining betakrorligi shundaki, uning yuqori qismini haqiqiy muzlik bezaydi. Jayadan tashqari balandligi 4 ming metrdan ortiq bo‘lgan boshqa qoyalar ham bor. Ular ham qor bilan qoplanganini kuzatish mumkin.

Ekvatorial va tropik o‘rmonlar yerning boshqa ekotizimlari orasida eng yuqori bio xilma-xillikka ega. Lorens bog‘i ham bunga misol bo‘ladi. Ushbu betakror mintaqa tadqiqotchilarining bari bu yerda ilm-fanga ma'lum bo‘lmagan hayvon va o‘simlik turlari mavjudligini bir ovozdan ma'qullashgan.

Biroq hududning katta qismi kartograf va biologlar tomonidan tadqiq etilgan. Bu yerda topilgan fauna vakillari sifatida qanotlilarning 630 turini aytish mumkin. To‘tiqushlarning xilma-xil turlari, jumladan, kakadularning 30 dan ortiq turi, kaptarlarni Lorens bog‘ining o‘rmon qismida uchratish mumkin. Bu yerda kamyob, uchmaydigan qush turi – kazuarlar ham bor. Sut emizuvchilarning xilma-xilligi kamroq, bugunga qadar ularning 120 ga yaqin turlari aniqlangan. Biroq mahalliy yirtqichlar o‘ziga xos.

G‘aroyib yovvoyi olam mahalliy aholi – orolda yashaydigan papuaslarning bir necha qabilalari uchun uy hisoblanadi.

Bog‘ning yaratilishi barcha yerda mavjud sivilizatsiyaning kelishini noaniq vaqtga ortga surib, shubhasiz, ushbu qabilalarga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

Joriy yilning I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy ba…
16:59 / 12.07.2025
Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Milliy matbuotda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Parij Bosh prokurori Laure Beccuau yozma bayonotida, Parij prokuraturasi X p…
10:57 / 12.07.2025
Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar besamar ketsa, AQShga javob choralari qo‘llaniladi
21:33 / 12.07.2025
Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Tunnel qurilishidagi asosiy murakkabliklar geologik sharoit va tog‘lik hududda ish olib borish bilan bog‘liq.
18:01 / 12.07.2025
Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Ularda rekonstruksiya ishlari sifatsiz holda amalga oshirilayotgani aniqlangan.
17:34 / 12.07.2025
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiyaning Ukrainadagi urushini “shartsiz qo‘llab-quvvatlashini” bildirdi — bu haqda Px…
10:33 / 13.07.2025
Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Poytaxt hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan
22:22 / 11.07.2025
Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
09:27 / 13.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda jamoa asoschisi Rahmonali Suropov ma’lum qildi
18:29 / 13.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!