$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
41° Kechasi 24°

Sayyoramizdagi eng go‘zal va hayratlanarli milliy bog‘lar

17:43 / 17.07.2019

1872 yilda prezident Uilss Grant qaroriga asosan Sneyk daryosining shimoli-sharqiy qismidagi 898,3 ming gektarli yer dunyodagi birinchi milliy bog‘ga aylanadi va unga Yyellouston nomi beriladi. Milliy bog‘larning qo‘riqxonalardan farqi shundaki, ularning hududida sayyohlar kirishiga ruxsat etiladi va xo‘jalik ishlari bilan cheklangan miqdorda shug‘ullanish belgilanadi.

Hozirgi kunda dunyoda 7000ga yaqin milliy bog‘lar mavjud. Ularning har biriga sayr qilish yovvoyi tabiat olamiga nazar solish, kamyob o‘simliklar bilan tanishish va hayvonlar, qushlar hayotini yaqindan kuzatishga imkon beradi. Quyidagi ro‘yxatdagi bog‘lar esa aynan taniqli sayohatchilar va mashhur nashrlar tomonidan eng chiroyli, buzilmagan holatdagi tabiat o‘choqlari deb tan olingan. 

Kakadu, Avstraliya

Maydoni: 19 804 km²
Bog‘ nomi shu hududda yashagan «Kakadu» qabilasi nomidan kelib chiqqan. Barcha tomondan bog‘ o‘yiqlar bilan o‘ralgan, bu esa ajoyib biologik zaxirani shakllantirgan. Bog‘da 1700dan ortiq turdagi o‘simliklar qayd etilgan. Shuningdek, hayvonot olamida 280 turdagi qushlar, 117 xil sudralib yuruvchilar, 77 xil baliqlar, 1000 turdagi hasharot va 60 xildagi sutemizuvchilar yashaydi. Bog‘ yana turfa xil tabiat hududlari bilan ham mashhur: shubhali botqoqlardan tortib, quyoshli tekisliklar va borsa kelmas o‘rmonlargacha.

Serengeti, Tanzaniya

Maydoni: 14 763 km² 
Bu bog‘da 500 turdagi qushlar va 3 milliondan ortiq katta hayvonlar boqiladi. Quruq va yog‘ingarchilik mavsumida bog‘da g‘aroyib hodisalar — oktyabrdrdan noyabrgacha shimoliy adirlardan janubiy o‘lkalarga, aprel-iyunda esa g‘arb va shimolga harakatlanadigan hayvonlarning ko‘chishini kuzatish mumkin. Shimolda bog‘ Keniyaning Masai-Mara qo‘riqxonasi bilan chegaradosh bo‘lib, u bog‘ning davomi sanaladi. Bog‘ning janubiy-sharqida Ngorongoroning biosferali qo‘riqxonasi joylashgan.

Fordlend, Yangi Zelandiya

Maydoni: 12 500 km²
Yangi Zelandiyaning yirik milliy bog‘i Janubiy orolning tog‘li janubi-g‘arbiy qismini egallaydi. Yangi Zelandiyaning eng chekka hududlaridan birida noodatiy fiordlar, sharsharalar va tog‘ tizmalari joylashgan. Fiordlend tog‘lari sayyoradagi eng namli hududlar qatoriga kiradi. Bog‘ ichida dengiz mushuklari, pingvinlar, noyob turdagi qushlar, shuningdek, qora marjonlarning dunyodagi eng katta uyasi mavjud. 

Banf, Kanada

Maydon: 6641 km² 
Bog‘ Albert provinsiyasidagi Kalgari shahri g‘arbidan 110—180 km masofada joylashgan. Muzliklar, muz maydonlar va muz ko‘llari, zich ignabargli o‘rmonlar va alp manzaralari har yili millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Bog‘da 56 turdagi sutemizuvchilar boqilardi. Ularning ko‘pini durbin orqali ko‘rish mumkin. Bog‘ markazida Kanadaning eng ko‘p aholi punktiga ega Banf shahri mavjud bo‘lib, u dengiz sathidan 1463 metr balandlikda joylashgan.

Grand-Kanon, AQSh

Maydoni: 4927 km²
AQShning eng qadimiy bog‘laridan biri Arizona shtatida joylashgan. Uning asosiy boyligi Kolorado daryodagi daralar hisoblanadi. Uning uzunligi 350 km, chuqurligi esa 1900 metrni tashkil etadi. Dara taxminan 10 million yil avval shakllangan: bu yerda Yerning 4 butun geologik davri aks etgan. U minora, piramida va ma'badlar shaklini yodga soluvchi ko‘plab g‘aroyib qoyalar bilan qoplangan. 

Yosemiti, AQSh

Maydon: 3081 km²
Mazkur bog‘ Serra-Nevada tog‘ining g‘arbiy etagida joylashgan. Uning asosiy ko‘ngilochar maydonlariga bahaybat sekvoyya, El-Kapitan qoyasi, gumbazsimon Xaf-Doum va ko‘plab sharsharalar kiradi. Yosemiti besh asosiy o‘simliklar hududini o‘z ichiga oladi. Himoyalangan hududda sayyohlik yo‘nalishlarining davomiyligi t 1300 km.ni tashkil etadi.

Torres-del-Payne, Chili

Maydoni: 2420 km²
Bog‘ Chili janubidagi Puerto-Natales shahrining shimolidan 140 kilometr masofada joylashgan. Bog‘ning asosiy manzarali yerlari balandligi 3000 metrga yetadigan ko‘p sonli tog‘lar, tor va chuqur ko‘rfazlar, muzliklar va ko‘llar hisoblanadi. Bog‘ning eng baland nuqtasi — 3050 metr balandlikdagi Payne-Grande tog‘idir. Bu maskanning yana bir ko‘ngilochar nuqtasi ulkan, turli xildagi faunalardir: bu yerda 118 turdagi qushlar va 26 xil sut emizuvchilar, jumladan, guanako, puma, And tog‘i kiyigi, Janubiy Amerika tulkisi boqiladi. Bog‘da Patagoniyaning deyarli barcha manzaralari mujassam.

Leyk-Distrikt, Buyuk Britaniya

Maydoni: 2292 km² 
Istirohat bog‘i o‘z nomini ko‘llarga boyligi tufayli olgan. Bog‘ hududi muzliklar natijasida hosil bo‘lgan. Himoyalangan maydon chegaralari deyarli Kamberlend tog‘lari bilan mos keladi. Bog‘da Angliyaning to‘rtta eng katta ko‘llari— Uindermir, Alsuoter, Bassentueyt, Deruent-Uoter va Angliyaning eng baland tog‘i Skofel-Payk mavjud.

Fuji-Xakone-Idzu, Yaponiya

Maydoni: 1227 km²
Bog‘ Xonsyu orolining markaziy qismida joylashgan. Bog‘ tarkibiga beshta dunyoga mashhur bo‘lgan Fuji ko‘llari kiritilgan. Uning yana boshqa qadamjolariga Fuji tog‘i, sharsharalar, tog‘ ko‘li, issiq buloqlar va qulqonli orollarni misol qilsa bo‘ladi. Xiyobon bo‘ylab bir izli osma temir yo‘llar o‘tgan bo‘lib, ular orqali bog‘ning asosiy chiroyini tomosha qilish mumkin. Piyoda yurishni xohlovchilar ham bog‘ni istalganicha ko‘zdan kechrishi mumkin.

Shveytsariya milliy bog‘i, Shveytsariya

Maydoni: 172,4 km²
Shveytsariyadagi yagona milliy bog‘ Engadin vodiysida joylashgan. Bog‘ o‘z ichiga dengiz sathidan 1400 va 3174 metr balandlikdagi Alp hududini oladi. Yovvoyi tabiat sharoitida bog‘da tog‘ echkilari, qora echki, sug‘urlar, shimol quyoni, kaltakesaklar va sanoqsiz qushlarni kuzatish mumkin. Bog‘da umumiy 80 km uzunlikdagi 21 sayyohlik izi ajratilgan. 

Manuel-Antonio, Kosta-Rika

Maydoni: 6.81 km²
Manuel-Antonio eng kichik millliy bog‘lardan biri sanaladi. Kichik hududga qaramay, bog‘ chekkalarida nam tropik o‘rmon, plyaj va qoyali ko‘llar bor. Bog‘ 184dan ortiq qush va 109ga yaqin sutemizuvchilarning, jumladan, mahalliy ramzlar bo‘lgan — iguana, maymunlarning uyi sanaladi. 

Guylin, Xitoy

Bog‘ Xitoyning janubida, Litszyan daryosi yaqinida joylashgan. Xitoychadan tarjima qilinganda «Guylin» so‘zi «Kassiya daraxtlari o‘rmoni» degan ma'noni anglatadi. Bu nom tasodifan berilmagan, axir mahalliy ohaktosh ustunlari toshli o‘rmonni yodga soladi. Tog‘lar dukkak, daraxtlar va gullardan iborat qurigan o‘simliklar bilan qoplangan. Tabiatning bor go‘zalligini tomosha qilishning eng yaxshi usuli — Litszyan daryosi bo‘ylab Guylindan Yanshoga qayiqda sayr qilish kerak. 


Bu ham qiziq

O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

Markaziy o‘yin Jizzaxda kechadigan bo‘ldi
20:43 / 03.07.2025
Salah: ’’Jota endi biz bilan emasligini qabul qilish mushkul’’

Salah: ’’Jota endi biz bilan emasligini qabul qilish mushkul’’

Misrlik hujumchi sobiq jamoadoshi haqida fikr bildirdi
21:20 / 04.07.2025
O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar…
11:10 / 03.07.2025
4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:39 / 03.07.2025
KJCh. “Chelsi” va “Fluminense” yarim finalga yo‘l oldi

KJCh. “Chelsi” va “Fluminense” yarim finalga yo‘l oldi

Endi final yo‘llanmasi uchun Angliyaning “Chelsi” klubi “Fluminense”ga qarshi maydonga chiqadi.
09:42 / 05.07.2025
Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go‘ning O‘zbekistondagi haydovchilari, kuryerlari va hamkorlari 2024-yilda umumiy hisobda 530 million dollar daromad …
13:47 / 04.07.2025
Ilon Mask AQShda yangi partiya tuzmoqchi

Ilon Mask AQShda yangi partiya tuzmoqchi

Milliarder X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida bu haqda ma'lum qildi
22:53 / 04.07.2025
Donald Tramp “katta ajoyib” qonun loyihasini imzoladi

Donald Tramp “katta ajoyib” qonun loyihasini imzoladi

Donald Tramp kecha, 4-iyul kuni kechqurun soliqlarni kamaytirish va AQSh davlat qarzining chegarasini 4 trillion dollardan o…
13:08 / 05.07.2025
Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Haydovchilarga muqobil yo‘llardan yurish tavsiya qilingan
21:14 / 03.07.2025
AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

“AQSh uchun Ukraina endi ustuvor yo‘nalish emas, Vashington tashqi siyosatining markazida ham emas”, — dedi Ukraina Oliy Rad…
09:30 / 03.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!