Markaziy bank tomonidan joriy yilning 30-avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi.
Esdalik tangalarning 30 avgust kuni uchun narxlari ham belgilandi va ular quyidagicha:
Oltin tangalar:
– 15 gr – 9 598 000 so‘m;
– 20 gr – 12 798 000 so‘m.
Kumush tangalar:
– 31,1 gr – 502 000 so‘m.
Mazkur narxlar Xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yukturasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Shuningdek, Markaziy bank belgilagan kurs bo‘yicha oltin quymalari:
– 5 gr – 3 230 000 so‘m;
– 10 gr – 6 460 000 so‘m;
– 20 gr – 12 798 000 so‘m;
– 50 gr – 31 687 000 so‘m.
Ma’lumot uchun, oltin va kumush esdalik tangalarini tijorat banklarining filiallarida sotib olish mumkin.
Shuningdek, esdalik tangalarining sotuvi yo‘lga qo‘yilgan tijorat banklari filiallarida belgilangan tartibda qaytarib sotib olish amalga oshiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!