Koronavirusga chalingan bemorlardan yana biri sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
“Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimizdan yana biri butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Xastalikdan forig‘ bo‘lgan fuqaro shifokorlarga alohida minnatdorchilik bildirdi.
Ushbu fuqaro, avval xabar qilganimizdek, joriy yil 14-mart kuni London – Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan poytaxtimizga kelgan. 16-mart kuni unda koronavirus kasalligi aniqlangan edi”, deyiladi xabarda.
U o‘tgan vaqt davomida Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida to‘liq davolangan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda nafaqat Toshkent shahrida, balki viloyatlarda ham tibbiyot xodimlari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimiz sog‘ayib ketishlari uchun bor mahoratlarini ishga solgan holda qahramonlarcha kurashmoqda. Ayni paytgacha ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 8 nafarga yetdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!