$
12355.14 UZS
-84.27
148.48 UZS
-3.39
14539.53 UZS
-44.43
31° Kechasi 18°

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning hayot va ijod yo‘li

14:44 / 11.03.2015

2015 yil 10 mart kuni kechqurun Toshkentda islom dunyosining yirik olimi, mashhur ulamo Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf yurak xurujidan olamdan ko‘z yumdi.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning biografiyasi

Muhammad Sodiq ibn Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali, 1952 yilning 15 aprelida Andijon viloyatida tavallud topgan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf O‘zbekistonda va islom dunyosidagi eng mashhur olimlardan edi. Shayx Muhammad Sodiq Islom ulamolarining eng katta nodavlat tashkiloti bo‘lgan Islom Ulamolarining Millatlararo Ittifoqining peshqadam a'zolaridan biri hisoblanardi.

Shayx Muhammad Sodiq boshlang‘ich diniy ta'limni otasidan olgan. Sovet o‘rta maktabini 1970 yilda to‘liq a'lo baholarga tugatgach, Muhammad Sodiq Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasiga o‘qishga qabul qilinadi. Keyinchalik, Toshkentdagi Oliy Islom Institutida tahsil olib, 1975 yilda muvaffaqqiyatli tamomladi. 1976 yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Liviyadagi ad-Dava' al-Islami Milliy Islom Universitetiga qabul qilindi, hamda moliyaviy rag‘bat bilan muvaffaqqiyatli tamomlagan. Liviyada tahsil olish yillari Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni Musulmon ulamolarining kelajak avlodiga, ayniqsa, Arab dunyosiga va hattoki uzoq Yaponiya kabi mamlakatlarga ham tanitgan.

1997 yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Saudiya Arabistondagi xalqaro Islom tashkiloti bo‘lgan Robita al-Islomiya (Musulmon Olami Ligasi) tarkibidagi Musulmon davlatlar va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shu kungacha ushbu tashkilot boshqaruv kengashining doimiy a'zosi hisoblanar edi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ijodi


Shayx ko‘plab islomiy kitoblar muallifidir. 1994 yildan 2000 yilgacha shayx ishlarining 60 foizi, ya'ni o‘ttizga yaqin mashhur maqolalar va yigirma beshgacha yaqin kitoblar, hamda qo‘llanmalar nashrdan chiqarildi. Ushbu ilmiy ishlarning ko‘pchilik qismi o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, ulardan ba'zilari rus va boshqa MDHga a'zo davlatlar tillariga tarjima qilingan.

Shayx yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Islom Madaniyati Markazi Shayx Muhammad Sodiqning ko‘plab ishlarini nashr qilib bordi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Tafsiri Hilol“, “Tasavvuf haqida Tasavvur“, “Ixtiloflar haqida“, “Din nasihatdir“, “Ruhiy tarbiya“ va shu kabi ko‘plab kitoblari hozirgi kunga qadar kitobxonlar orasida mashhur bo‘lib, qo‘lma-qo‘l o‘tib kelmoqda. Shuningdek, o‘quvchilarning talablariga binoan qayta qayta nashrdan chiqayotgan “Sunniy Aqidalar“ va 39 juz'dan iborat “Hadis va Hayot“ kitobi ham O‘zbekiston xalqi orasida e'zoz bilan mutolaa qilinadigan kitob qatoridan joy olgan. 2004 yilda tashkil topgan www.islom.uz veb loyihasi esa shaxsan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahbarligida yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu sayt Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga to‘g‘ridan to‘g‘ri savol berish imkoniyatini yaratar edi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf a'zo bo‘lgan tashkilotlar

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf oxirgi yillarda ilmiy va da'vatga hamda diniy madaniyatni oshirishdagi faoliyatlarga o‘zini bag‘ishlagan edi. Shayx quyidagi xalqaro tashkilotlar a'zosi hisoblangan:

  • Makka shahridagi Butun Dunyo Islom Robitasining ta'cis majlisi
  • Butun dunyo tasavvuf uyushmasi
  • Butun dunyo Islomiy xalqlari boshqaruvining bosh kotibiyati a'zosi
  • Butun dunyo da'ati uyushmasi a'zosi
  • Butun dunyo ulamolari kengashi uyushmasi a'zosi
  • Islomobod shahridagi butun dunyo Islom uyushmasi a'zosi
  • Makka shahridagi butun dunyo mutafakkir ulamolari yig‘inining ijroiy qo‘mitasi a'zosi
  • Butun dunyo masjidlar uyushmasining a'zosi
  • Iordaniyadagi Oli Bayt mussasasiga qarashli Islomiy fikrlar akademiyasi a'zosi

Shayxning ilmiy darajalari

  • Toshkentdagi Imom Buxoriy nomli oliy ma'hadini bitiruvchisi
  • Tripoli shahridagi Butun Dunyo islomga da'vat fakultetini bitiruvchisi
  • Toshkentdagi Imom Buxoriy nomli oliy ma'hadida tafsir, ulumul Qur'on va faroiz fanidan dars beruvchi
  • Toshkentdagi Imom Buxoriy nomli oliy ma'hadda mudir noibi bo‘lib ishlagan
  • Toshkentdagi Imom Buxoriy nomli oliy ma'hadda mudir bo‘lib ishlagan
  • O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi hamda muftiysi lavozimida ishlagan
  • Toshkent islom universitetida oliy o‘quvi bo‘limida ustoz bo‘lib ishlagan.
 
Shayxning hayot yo‘li barchaga ibrat bo‘larli tarzda kechdi. Shayx meros qilib qoldirgan kitoblar va bilimlar jamiyatning axloqiy turmushida kishilarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish uchun xizmat qilishda davom etaveradi.
 
Chashma quridi, lekin undan 63 yil qaynab chiqqan suv daryolarda, dengizlarda, ummonlarda oqib, osmonlarga uchib, yerlarga yog‘ib turgusi…
 
Chashma yo‘q deb qayg‘uga ortiqcha berilib, yuragimizni quritib qo‘ymaylik. Shukrkim minglab asarlar meros qoldi. O‘qiylik, o‘rganaylik, ilm olaylik.
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Bu ham qiziq

Nepal prezidenti iste’foga chiqdi

Nepal prezidenti iste’foga chiqdi

Nepal prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklar fonida iste’foga chiqdi.
17:31 / 09.09.2025
Toshkentda Gentra yonib ketdi

Toshkentda Gentra yonib ketdi

Bugun, 9-sentyabr kuni soat 16:30 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, Toshkent katta halqa avtomobil yo‘lida avtomobil yona…
17:42 / 09.09.2025
Fridrix Mers: “Putinning imperiyaviy rejalari Ukrainadan ko‘ra ancha kengroq”

Fridrix Mers: “Putinning imperiyaviy rejalari Ukrainadan ko‘ra ancha kengroq”

Kansler Yevropa ittifoqdoshlarini ustuvor yo‘nalishlarni qayta ko‘rib chiqish va AQSh bilan munosabatlar o‘zgarayotgan sharo…
10:44 / 09.09.2025
WhatsApp’ning sobiq xodimi Meta’ni sudga berdi

WhatsApp’ning sobiq xodimi Meta’ni sudga berdi

New York Times gazetasining yozishicha, WhatsApp’ning sobiq xavfsizlik boshlig‘i Attaullah Baig, kiberxavfsizlik bilan bog‘l…
09:34 / 09.09.2025
Toshkentda ayol 7 yoshli farzandini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda ayol 7 yoshli farzandini pichoqlab o‘ldirdi

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yilda farzandini hayvonot bog‘ida ayiq qafasiga tashlab yuborgan ona ham shu ayol bo‘lgan
22:47 / 09.09.2025
Isroil Suriyaga havo hujumlarini boshladi

Isroil Suriyaga havo hujumlarini boshladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari Suriyaning markaziy qismidagi Xoms viloyatiga havo hujumlarini amalga oshirg…
10:39 / 09.09.2025
10-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
22:54 / 09.09.2025
Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab tabiiy fanlar yo‘nalishida tayanch maktab sifatida xizmat qiladi

Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab tabiiy fanlar yo‘nalishida tayanch maktab sifatida xizmat qiladi

Tayanch maktab va filiallarga qabul 7-sinfdan boshlanadi
21:43 / 08.09.2025
Qatar poytaxtida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi

Qatar poytaxtida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi

Xabarlarga ko‘ra, Isroil armiyasi HAMAS yetakchilarining Dohaga kelgani sabab, ularni nishonga olganligi taxmin qilinmoqda
19:02 / 09.09.2025
Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi xodimlari ko‘magida Boku shahrida og‘ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimizning …
16:45 / 09.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!