Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari Suriyaning markaziy qismidagi Xoms viloyatiga havo hujumlarini amalga oshirgan.
Suriyaning rasmiy xabar agentligi SANA xabariga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari Xoms shahri atrofini havo hujumlari bilan nishonga olgan. Hujumda Xoms atrofidagi harbiy nuqtadagi havo mudofaa tizimlariga zarba berilgan.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, kuchli portlash ovozi Suriyaning qirg‘oq mintaqasidagi Latakiya viloyatida ham eshitilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!